"Sky Sports" nashri finalning eng yomon futbolchisini aniqladi
11 iyu 2023 15:12
Yangiliklar
"Sky Sports" nashri finalning eng yomon futbolchisini aniqladi
"Sky Sports" nashri kecha tunda bo'lib o'tgan "Manchester Siti" va "Inter" o'rtasidagi ECHL finalida o'ynagan futbolchilarga baho qo'yib chiqdi.
Unga ko'ra, uchrashuvda kiritilgan yagona gol muallifi 26 yoshli Rodri 10 balli tizimda 9 ballga baholandi. SHuningdek, tarkibdagi Ederson, Ruben Diash, Erling Xoland hamda Kevin de Bryuyne 7 ballga loyiq ko'rildi.
"Inter" darvozaboni Andre Onana, himoyachilar Matteo Darmian, Franchesko Acherbi, Alessandro Bastoni, yarim himroyachilar Marcelo Brozovich va Federiko Dimarkoga ham 7 ball qo'yilgan.
Uchrashuvning eng yomon futbolchisi sifatida 4 ball olgan Romelu Lukaku qayd etildi.
Fikrlar