Sky Sports APL o'yinlarida muxlislarni to'ldirmoqchi
01 may 2020 13:20
Yangiliklar


Sky Sports APL o'yinlarida muxlislarni to'ldirmoqchi
Britaniyaning Sky Sports telekanali kompyuter effektlaridan APL o'yinlarida foydalanishi mumkin.
Agar Angliya Premer-ligasi o'yinlari yopiq tribunalar ostida o'tadigan bo'lsa, telekanal kompyuter grafikasidan foydalangan holda, muxlislarning suratlari orqali o'rindiqlarni to'ldirmoqchi.
Kanalning fikriga ko'ra, bo'sh tribunalar va stadiondagi shovqinning yo'qligi tomoshabinlar tomonidan salbiy qabul qilinishi va o'yinlarga qiziqishni kamaytirishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasi 29-turdan so'ng to'xtab qolgan, faqatgina 4ta klub bittadan kam o'yin o'tkazishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar