Skoulz: “Qanday qilib uni MYUga murabbiy qilib qo'yishganiga tushana olmayapman”
16 mar 2022 07:55
Yangiliklar
Skoulz: “Qanday qilib uni MYUga murabbiy qilib qo'yishganiga tushana olmayapman”
“Qizil iblislar” afsonasi Pol Skoulz “Manchester Yunayted”ning CHempionlar Ligasi 1/8 finalida “Atletiko”ga mag'lub bo'lganiga munosabat bildirdi.
“Qanday qilib uni (Ralf Rangnik) klubga bosh murabbiy qilishganiga tushunmayapman. Bu jamoaga to'g'ri keladigan mutaxassisni topish – bu eng muhimi. Tarkibda chinakam iqtidorli futbolchilar bor.
Hech bo'lmasa ligada g'olib bo'lish uchun yaqinlashishga to'g'ri murabbiyni olib kelish zarur”, deydi Skoulz.
Eslatib o'tamiz, MYU bu mavsum ham titullarni qo'lga kirita olmasligi aniq bo'lib bormoqda. Jamoa APLda 29 o'yindan keyin 50 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. Peshqadam “Siti” bilan oradagi farq esa 20 ochko (!) tashkil etmoqda.
Fikrlar