Skoulz: "Manchester Siti" muxlislari jamoani evrokuboklarda qo'llab-quvvatlashni eplay olmaydi"
01 okt 2014 12:42
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/146357_original.jpg)
![](/upload/storage/146357_220.jpg)
Skoulz: "Manchester Siti" muxlislari jamoani evrokuboklarda qo'llab-quvvatlashni eplay olmaydi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz "Roma"ga qarshi o'yinda stadion to'lmagani uchun "Manchester Siti" muxlislarini tanqid qildi.
"Muxlislar doimo jamoani qo'llab-quvvatlashi, ular evrokubokning o'zgacha atmosferasini yaratishi kerak. "Old Trafford"da o'ynaganim bu omadim, chunki o'yindan 40 daqiqa oldin chigal yozdi mashqlarini bajarish uchun maydonga chiqqaningda yig'ilganlar senga o'zgacha ilhom bahsh etadi. "Siti" stadionida esa bo'sh joylar rosa ko'p bo'ldi va muxlislar ham o'sha atmosferani paydo qila olishmadi. Muxlislar bu qanday omadligini tushunmayotganga o'xshaydi" - deydi Skoulz.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar