Skott Parker "Fulxem"dan ketdi va "Bornmut" ustoziga aylandi
29 iyu 2021 13:17
Yangiliklar
Skott Parker "Fulxem"dan ketdi va "Bornmut" ustoziga aylandi
"Bornmut"ga bosh murabbiy etib "Fulxem"dan ketgan Skott Parker tayinlandi.
40 yoshli angliyalik mutaxassis "Bornmut" bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
"Giloslar" o'tgan mavsum CHempionshipda 6-o'rinni egalladi, ammo jamoa pley-offda ikki o'yin natijasiga ko'ra "Brentford" (1:0, 1:3)ga imkoniyatni boy berdi. "Bornmut"ga Jonatan Vudgeyt ustozlik qilayotgan edi.
"Fulxem" esa yakunlangan mavsum Angliya Premer-ligasida 18-o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar
01:55
APL. Lisandro Martinesning goli MYUga mehmonda "Fulxem"ga qarshi o'yinda g'alabani taqdim etdi 14
Fikrlar