Skaloni Argentina terma jamoasini boshqarishda davom etadi
28 sen 2022 13:49
Yangiliklar
Skaloni Argentina terma jamoasini boshqarishda davom etadi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2026 yilgacha jamoani boshqaradi, deya xabar qildi Argentina Futbol Associaciyasi (AFA) rahbari Klaudio Tapiya Twitter sahifasida.
Tapiya federaciya bundan keyin ham terma jamoani rivojlantirish bo'yicha keng qamrovli loyihaga etibor qaratishini malum qildi.
44 yoshli Skaloni JCH-2018 dan so'ng Argentina terma jamoasini Xorxe Sampaolidan qabul qilib olgandi. Argentina terma jamoasi 2021 yilda Amerika Kubogini qo'lga kiritdi. SHuningdek, argentinaliklar JCH-2022 final bosqichiga yo'llanma olishdi.
Fikrlar