Skaloni 2022 yilgacha Argentina terma jamoasida qoladigan bo'ldi
13 iyu 2019 11:16
Yangiliklar


Skaloni 2022 yilgacha Argentina terma jamoasida qoladigan bo'ldi
Argentina futbol federaciyasi Lionel Skaloni bilan 2022 yilgcha bo'lgan shartnomaga imzo chekadi.
41 yoshli mutaxassis terma jamoani 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionati saralash bahslariga boshlab tushadi.
Argentina terma jamoasi direktori Sesar Luis Menotti yaqinda AFF rahbari Klaudio Tapia bilan uchrashuv o'tkazdi va tomonlar Skalonining yangi shartnomasi bo'yicha kelishuvga erishishdi.
Yangi shartnoma imzolanishiga aynan Menotti bosh sababchi bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Skalonining oldingi shartnomasi yil oxirida yakuniga etar edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar