So’nggi yangiliklar

18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  0 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  5 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  6 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  2 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  1 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  2 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  4 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Манба: Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  11 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9

“Sizningcha birinchi liga qanday bo'lishi kerak?” Yangiliklar

“Sizningcha birinchi liga qanday bo'lishi kerak?”

Xabaringiz bor, PAYSHANBA muxlis minbari sifatida o'quvchilar ixtiyoriga berildi.
Dushanba kuni saytimiz orqali "Sizningcha birinchi liga qanday bo'lishi kerak?" degan savol berilgandi. Quyida eng sara uchta fikr bilan tanishib oling.

Ilyosbek Abdumannopov Abdumo'minovich, Andijon viloyati Asaka tumanidan


Birinchi ligaga bu yil BAAdagi JCHda to'p tepgan “O'zbekiston” o'smirlar terma jamoasini ham qo'shish taklifini bermoqchi edim. Bir o'ylab ko'ring, son sanoqsiz o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilinar edi (bosh jamoamiz uchun o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilish “hal qilib bo'lmas ish” sifatida qaralayotgan bir paytda U-17 jamoasiga o'rtoqlik o'yinlari, bilmadim). Birinchi ligada o'z-o'zidan “U-17” klub paydo bo'lar edi. Ana endi stadionlarga muxlislar tashrifi oshishini ko'ravering. BAAdagi mundialda porlagan Jamshid Boltaboev, Sarvar Karimov, Rustamjon Ashurmatov, Akobir To'raev singari o'yinchilardan iborat tarkib viloyatlarga tashrif buyursa stadionlar shubhasiz muxlislar bilan to'lib toshar edi. Bir mavsum birinchi ligada ishtirok etgach, kelasi yil yangi “U-17” terma jamoasiga bu o'rin bo'shatib beriladi.

Viloyatlarda hozirda terma jamoalar o'yinlarini o'tkazishni iloji topilmas ekan, hech bo'lmasa o'smirlar terma jamoamizni o'inlarini bevosita stadionlardan ko'rish Toshkentdan uzoqda joylashgan futbol muxlislari uchun o'ziga hos “shou” bo'lar edi. Bu masalada o'yinchilarni to'p surayotgan klublari bilan kelishsa bo'ladi.

Hech bir klub mamalakat futbolini rivojlantirish yo'lida bosilayotgan qadamlarga g'ov bo'lmasa kerak. Boz ustiga faqatgina bir mavsumga. Bu yoshda o'yinchi jamoasini asosiy tarkibidan o'rin ola bilishi mushkul vazifa xisoblanadi. Buni barchamiz oldingi, Abbosbek Maxsitaliev sardorligidagi termamiz taqdirida ko'rdik. Klublar shundoq ham yosh iqtidor egalarini asosiy tarkibdan o'rin ola bilmagach boshqa klublarga ijaraga berib yuborishmoqda. “U-17” tarkibida maydonga tushib tajriba to'plashsa o'z klublari uchun ham mamlakat futboli uchun ham foydadan holi bo'lmasdi chamamda. Keyingi navbatda birinchi liganing aksariyat o'yinlari dam olish kunlari (shanba va yakshanba) o'tkazilmaydi, shu sababli stadionlarga muxlis tashrifi yaxshi emas. Taqvim tuzayotganda PFL bu narsani ham etibordan qochirmasligini so'ragan bo'lardim.

Ikroman_uz:
Menimcha chempionatimizning birinchi ligasi, oliy ligadan deyarli farq qilmasligi kerak, yani oliy ligamizda mavjud barcha shart sharoitlar va imkoniyatlar, birinchi ligada ham imkon qadar bo'lishi zarur. SHundagina ligada oldinga qarab siljish bo'ladi. Aslida birinchi ligamiz rivojlanishi oqsayotganining enk katta sababi shu. Istagan muxlis yoki futbol atrofidagi shaxsga "birinchi liga" degan so'zni gapirishingiz bilan ularning aksariyat qismining hayoliga "xo'ja ko'rsinga liga, jiddiy emas, natijasi aniq liga, rasmiyatchilik uchun bo'lgan liga" degan so'zlarga o'hshash gaplar hayolidan o'tishi aniq. 1-ligani ko'pchilik jiddiy qabul qilmaydi.

Bu tushunchalarni o'zgartirish uchun esa katta hajmdagi ishlarni amalga oshirish lozim. Qilinishi kerak bo'lgan ishlar xajmi katta bulsa ham, menimcha amalga oshirsa bo'ladi. Faqatgina bunga sitqi dildan yondashish kerak. Avalambor birinchi liganing har bir jamoasini malum bir vazifa belgilash oldidan, uni oldiga qo'yilgan maqsadning o'zi kay darajada ekanligini bilib, so'ng ligada ishtirok etish uchun qo'yish kerak. Aytmoqchimanki, kaysi bir jamoani maqsadi jiddiy bulsa (homiyni inobatga olgan xolda), o'sha jamoa birinchi ligada ishtirok etishi lozim. CHunki maqsadsiz ishtirok etadigan jamoa chempionat intrigasi va saviyasini tushirib yuboradi. Qolaversa kelishilgan uyinlardagi "sahiylik" ham aynan mana shunday jamoalar tomonidan taklif qilinadi.

To'g'ri, agar biz bunday jamoalarni xozirgi mavjud vaziyatdan kelib chiqib saralaydigan bo'lsak, "maqsadli" jamoalar 3ta, nari borsa 4ta qolishi mumkin, bu esa biroz kamlik qiladi. Bunday vaziyatga tushib kolmaslik uchun esa, birinchi navbatda homiylar masalasini hal qilish kerak, albatta homiy qanchalik “baquvvat” bo'lsa jamoa maqsadi ham shunga yarasha bo'ladi. Lekin homiylarni topish kimlargadir bajarib bo'lmas ishdek tuyuladi. Oliy ligadagi homiylarni esa “majburlab” birinchi ligaga safarbar qilish esa mantiqan noto'g'ri bo'ladi. Endi shu erda bita eng asosiy savol: nima uchun har bir oliy liga jamoalariga homiy biriktirilganu, lekin birinchi ligada bunday emas? Javobi esa oddiy, yani futbol mutassadilarini birinchi ligaga bo'lgan etibori jiddiy emas yoki umuman etibor qaratmasligida.

Xozirgi kunda futbolimizni rivojlantirish uchun hukumatimiz tomonidan katta etibor (yordam) berilmoqda, birgina Prezidentimizning 01.06.2012 yil kungi 158-sonli qarorini o'zi, futbolimizni rivojlantirish uchun katta turtki bo'ldi, undan avval ham shunga o'xshash karorlar va farmoishlar chiqqan, shu jumladan homiylar to'g'risida ham. SHunday ekan futbol mutasaddilaridan faqatgina ushbu qarorlar asosida homiylarni qidirib topish talab qilinadi, qolaversa qonun hamma uchun barobar. Agar bu qarorlarga etibor qaratsak, u erda aynan oliy liga jamoalari haqida yozilmagan. Birinchi ligadagi etiborsizliklardan birgina misol tariqasida o'ziga yarasha tarixga ega bulgan "Xorazm" jamoasini olaylik. Klub moliyaviy qiyinchiliklar tufayli bir necha yillardan buyon birinchi ligada arang jon saqlab kelyapti. Nahotki, Xorazmdek viloyatda birgina jamoa uchun homiy topilmasa? Menimcha esa topsa bo'ladi, faqatgina uni yaxshirok qidirish kerak. Hech bo'lmasa qidirishga urinib ko'rish kerak, xonadan chiqmay, kresloni band kilib o'tiravermasdan.

Hammaga malum Xorazmda katta-katta ishlab chiqarish zavodlari bor, Qashqadaryodagichalik katta bo'lmasa ham, o'ziga yarasha salohiyatga ega bo'lgan zavod va fabrikalar mavjud. Homiy esa har bir jamoaga bitta “katta” bo'lishi shart degan joyi yuq, menimcha kichikroq bo'lsa ham 2-3ta bo'lsa bo'laveradi. SHunga o'xshash muammo birinchi ligadagi ayrim boshqa xududlarda ham bor, ularni sanab utishdan naf yuk. Har bir viloyatdagi muxlislar o'z jamoalarini oliy ligada qatnashishini xohlaydi albatta, birinchi ligada o'ynagan taqdirda ham jamoa yaxshi shakillangan, jiddiy maqsadlar sari uynaydigan bo'lsa, erinmay stadionga kirib muxlislik kilveradi. SHunday ekan jamoalarni imkon qadar har bir viloyatdan olib chiqilsa juda yaxshi bo'lardi.

Endi esa vaziyatni aksini gapirsak. Buning isboti sifatida “Qo'qon-1912” jamoasini aytishim mumkin, birgina viloyat hokimining tashabbusi va aralashuvidan so'ng viloyatda qo'shimcha “oliy ligabop homiylar" borligi aniqlandi. Jamoaga yangi homiy biriktirilgandan so'ng qisqa muddat (4-5 oy) ichida u erda katta ishlar amalga oshirildi va oldinda yana katta ishlar rejalashtirilmokda. Nasib kilsa, kelasi yil oliy ligaga chiqish maqsad qilingan. Qolaversa aynan o'sha viloyat hokimini tashabbusi bilan o'z tarixiga ega bo'lgan Quvasoy shahrining Quvasoy jamoasi (sobiq Cementchi) ikkinchi ligadan, birinchi liga darajasiga olib chiqish maqsad kilingan, (jamoaga ham tayinli homiy biriktirilganidan sung), keyinchalik esa (chempionat talablariga javob beradigan sharoit yaratilgandan sung) o'sh bu jamoani oliy liga darajasiga olib chiqishni ham maqsad qilinmoqda.

Mana shu erda yana bir savol: nima uchun bu masalalarni viloyat hokimi ko'tarishi kerak? Viloyat federeciyalari raxbarlari qaerga  qarashyapti? O'zi ular tayinli nima ish qilishyapti? Tug'ri, homiylarni faqatgina viloyat hokimi va undan katta lavozimdagi rahbarlar xal kilib bera olishi mumkin, lekin ularga taklif bilan viloyat federaciyasi raxbarlari, kerak bulsa respublika federaciya raxbarlari chikish kerak deb uylayman. Viloyat hokimlarini esa menimcha u siz ham kiladigan ishlari boshidan oshib yotibdi.

Yana qayta aytaman, davlatimizda juda katta imkoniyatlar berilayapti, faqatgina undan foydalana bilish kerak xolos. Sodda kilib aytganda, nonvoy korni och bolaga nonni yopib qo'liga bepul bersaku, bola esa uni og'ziga solib chaynolmasa, yoki nonvoydan uni chaynab berib og'ziga solib kuyishini so'rasa bu juda kulgili tuyulsa kerak. Menimcha yuqoridagi masala ham deyarli shu ko'rinishda turibdi. Ha, to'g'ri, biz muxlislar bunday masalalarni qancha ko'p muhokama qilmaylik vaziyat amaliy tomonlama o'zgarib kolmaydi, chunki bu ishlar uchun masul shaxslar bor. Vaziyatni aynan ular o'nglay oladi. Biz esa muxlis sifatida kelajakka "optimizm" bilan qarab, yaxshi niyat qilishimiz mumkin xolos. Lekin nega ushbu shaxslar futbolimizni poydevorini aynan shu ikkinchi va birinchi ligadan boshlab kuyish kerakligini bila turib, uni saviyasini pastga qarab tushib ketishiga yul qo'yishayapti?

Agar yuqorida men aytib o'tgan ishlar bo'lganida birinchi va ikkinchi liga narida tursin, oliy ligada ham ancha oldinga (bir necha yil) siljish bo'lardi. Bunga misol esa Evropa va Osiyoni rivojlangan chempionatlariga ega bo'lgan davlatlar. Birinchi va oliy ligalarni TV orqali yoritib borish, jamoalarda marketing holati fakatgina men aytib o'tgan kamchiliklar bartaraf etilsagina o'z o'zidan oshib boradi. Ligalarimizda yana bitta katta muammo bor, bu ham bulsa, jamoalarga homiylar tomonidan ajratilgan pul mablag'ini maqsadli sarflanishidir. Agar buni ham muhokama kilsak mavzudan chetga chiqib ketishimiz mumkin, shuning uchun men hozir bu to'g'risida gapirishni noo'rin deb topdim. Birinchi ligani o'tkazish uchun tuzilgan taqvimga keladigan bo'lsak, menimcha buni kaysidir manoda katta ahamiyati yuk. Eng asosiysi jamoalar uchun qancha uchrashuvlar soni ko'p bo'lsa ularni saviyasi ham shunga yarasha bo'ladi.

Aytmoqchi bo'lganim, agar deylik haqiqatdan ham “baquvvat” jamoalarni shakillantira olinsa ularni soniga qarab taqvim tuzish mumkin bo'ladi. Masalan jamoalar soni 16-20ta bo'lsa oliy ligamizni ko'rinishiday ikki uchrashuvli qilib belgilasa bo'ladi. Agar bunday jamoalar soni 12-14ta bo'lgan taqdirda taqvimni ayrim janubiy-sharqiy mamlakatlar chempionatlari misolida tuzilsa menimcha maqsadga muvofiq bo'ladi, buni Koreya K-ligasi misolida ham ko'rish mumkin. Yani jamoalar ikki uchrashuv natijasidan so'ng, ikki guruhga (yuqori ochkolarga ega va past ochkolarga ega jamoalarga) bo'linadi va yuqori o'rinlarni olgan jamoalar o'zaro uchrashib chempionlik uchun kurashadi. Past ochko olgan jamoalar esa, ligada jon saklab kolish (autsayderlari qatoriga tushib qolmaslik) uchun kurashadi. Agar ushbu ligadagi autsayderlar soni 3ta yoki 4ta (2tadan ortiq) etib belgilansa, quyi guruhda ham intriga birinchi guruhga o'xshab yuqori darajada bo'ladi. Hullas, men birinchi ligani xuddi shunday ko'rinishda bo'lishini xohlagan bo'lar edim.
 
Musofir:
O'FFni "o'gay" ligasi bo'lmish 1-liga xuddi boshqa ligalar kabi katta islohotga muhtoj. Meni shaxsiy fikrim va taklifim (Garchi O'FF va PFL biz muxlislarni fikrini sariq chaqaga olmasa ham), 1-ligada avvalo moliyaviy islohot o'tkazib, hadeb PFL puli yo'q va badal pulini to'lashga qurbi etmaydigan jamoalarga imkoniyat beravermaslik kerak. Badal pulini o'z vaqtida to'lamadimi, marhamat qilib ligadan chetlashtirilsin. Axir badal pulini vaqtida to'lay olmagan klub, qanday qilib butun mavsum davomida futbolchilar maoshi, oziq-ovqati, hakamlarga to'lanadigan pul, hamda boshqa ikr-chikrlar uchun ketadigan mablag'ni to'lay oladi?

Mayli, 1-ligada 16ta emas, 14ta klub qolsin, 14ta emas 12ta klub qolsin. Lekin sifatli, moddiy tarafdan baquvvat klublar qolsin. Biz muxlislar bazan nega oliy va birinchi ligada Toshkent shahri klublari ko'p deymizu, nega bizni viloyat yoki shaxrimiz futbol rahbarlari oliy va birinchi ligadagi klublarimizni moddiy taraflama taminlab bera olishmaydi va nega bizni klublarimiz Toshkent shahri klublaridek uddaburonlik, tadbirkorlik bilan ish yuritmaydi degan savolni o'zimizga bermaymiz?. Mayli, qaysi viloyat yoki shahardan qancha klub qatnashishidan qatiy nazar faqat va faqat avvalo moddiy taraflama kuchli klublar 1-ligada qatnashsin.

Bundan tashqari 1-ligada umuman farm-klublar qatnashmasin, yaxshisi farm-liga tashkil qila qolishsin. 1-liga reglamentida biror-bir viloyat yoki shaxar nomidan qatnashayotgan klublar o'yinchisi mavsum yakunigacha, shu shaxar yoki viloyatni oliy ligada qatnashadigan klubi tarafidan tortib olinmaslik bandi kiritilsin. Bazan 1-ligada kuchli o'yin namoyish etayotgan futbolchini shu shaxarning Oliy ligadagi klubi o'z safiga qo'shib oladi va natijada 1-ligadagi klub kuchsizlanadi. 1-liga o'yinlarida bir vaqtni o'zida 17-25 yoshgacha bo'lgan kamida 5 nafar, butun o'yin davomida esa 7 nafar futbolchi maydonga tushirilishi shart deb belgilab qo'yish kerak. CHunki oliy ligada bu yoshdagi futbolchilarga xattoki yoshlar ligasida ham asosiy tarkibda o'ynash imkoniyati judayam kam beriladi.

Agar 1-liga kuchaysa, o'z-o'zidan oliy ligada ham kuchayish yuz beradi. O'tgan safar yozganimdek futbolchilar maoshini eng kamida 3 oyligini klublar PFL hisob raqamiga o'tqazib bersa bu futbolchilarga hotirjam futbol o'ynash imkoniyatini beradi, hamda PFL ham futbolchi va klublar orasidagi maosh masalasiga barham berardi. Malumki klublar mavsum arafasida o'z homiylari tarafidan berilgan kafolat talab qilinadi, kafolat xatini millionlab emas, milliardlab so'm bor deb qog'ozda bemalol bera olishadi amalda esa...

“NBU-Osiyo” klubini futbolchilari qancha maosh olishlarini Muxtor Qurbonov aytgandi. Bazan futbolchilar 3-5 oyni, xattoki butun mavsumni maosh ololmay o'tkazishadi. PFL esa bunga ko'z yumayapti. Aslida nafaqat 1-liga balki, barcha ligada xuddi shunday tartib joriy qilish shart. 1-ligadan oliy ligaga 2+2 jamoa chiqish tartibi yo'lga qo'yilsa, yani 1-2 o'rinni egallagan jamoa to'g'ridan-to'g'ri oliy ligaga yo'llanma olsa, 3-4 o'rin olgan jamoa oliy ligada 11-12-o'rinni olgan jamoalar bilan mini turnirda ishtirok etib oliy liga uchun kurashishlari kerak.

Mana shunday tartib joriy qilinsa, oliy Ligada va 1-ligada o'yin sifati ancha osharmidi. Qolaversa 1-ligadan ham 2-ligaga 3 jamoa tushishi, 2-ligani esa yangitdan tashkil qilib "Bufer Zona" yani "mintaqaviy liga" tashkil qilish kerak. 3 mintaqa g'oliblari (Toshkent, Voha va Vodiy). 1-ligaga chiqsa, 1-ligada eng oxiri 3 o'rin band qilgan jamoalar 2-ligaga tushardi. Hozirgi 2-ligalar 3-ligaga aylantirib ularga ham jiddiy etibor qaratish kerak. Nega bizda bor yo'g'i 3ta liga bor xolos? Evropada 6-7-8-ligalar ham bor. Uzr mavzudan biroz chalg'idim, 1-ligani "karvonsaroy" liga emas, oliy ligada o'ynash uchun moddiy taraflama kuchli jamoa etkazib beradigan liga bo'lishi shart. Axir qachongacha PFL 1-ligaga "rahm" qilaveradi?.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика