

O'z navbatida jamoa rahbarlari ham mahalliy yoshlarga etiborni oshirish maqsadida, Farg'ona viloyati hududida 1998-1999 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida ” Siz “Qo'qon-1912″ jamoasida o'ynashni hohlaysizmi ?” deb nomlangan futbol turnirini o'tkazishini ma'lum qiladi. Turnirda yuqorida ko'rsatilgan yillarda tug'ilgan yoshlardan iborat bo'lgan Qo'qon shahri va Farg'ona viloyati tumanlarining jamoalari ishtirok etishlari mumkin.
Musobaqa 2-6 dekabr kunlari Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadi. Unda ishtirok etishni istagan jamoalar 30-noyabr sanasiga qadar “Qo'qon-1912” klubiga zayavkalarni topshirishlari talab etiladi.
Bu musobaqada o'zini ijobiy tomonlama ko'rsatgan yosh futbolchilar keyingi yil “Qo'qon-1912” jamoasining o'rinbosarlari tarkibiga jalb qilinadi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun +99891 687 72 76 telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.



