So’nggi yangiliklar

02:19Англия. Муҳаммадали Ўринбоев "Брентфорд B" таркибида гол урди ва жамоасининг ғалабасига ҳисса қўшди  2 01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  1 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  1 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  7 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  17 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  14 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  11 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  34 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  14

Siz kutgan maqola: O'yinlar qanday kelishiladi? Dunyoni larzaga solgan kelishilgan o'yinlar Yangiliklar

Siz kutgan maqola: O'yinlar qanday kelishiladi? Dunyoni larzaga solgan kelishilgan o'yinlar

2011 yilda dunyoga mashhur bo'lgan kelishilgan o'yinlar tashkilotchisi Raj Perumal qo'lga olindi.

Surishtiruvlar natijasiga ko'ra, 2008 yildan 2011 yilga qadar Raj 680dan oshiq kelishilgan o'yinlarga "bosh-qosh" bo'lgan. SHularning 380tasi Evropada, jumladan ECHLda ham bo'lgan. SHundan keyin Raj "Kelishilgan o'yinlar qiroli" nomli kitob yozdi. Unda millionlar o'yinining muxlislari zamonaviy futbolning qanchalar yomon ekanligini bilib, dahshatga tushishdi.

Perumalning qayd etishicha, o'yinni ishonchli tarzda kelishish uchun murabbiy va 4 nafar futbolchining o'zi etar ekan. Futbolchilarning ikki nafari esa markaziy himoyachilar bo'lishi shart.

Perumalning muzokaralari har doim yaxshi o'tmagan: "Bir futbolchi bilan maydonga tushganidan keyin qizil kartochka olishi borasida kelisha olmadim. SHundan keyin maydonga umuman tusha olmasligi uchun, uni golf tayog'i bilan urdim. Buning ortidan men katta pul zarar qildim".

Rajaning yozishiga ko'ra, Evropada eng ko'p kelishilgan o'yinlar bo'ladigan davlat - Belarus. SHunday saviyasi past ligalar orqali millionlar ishlab olish mumkin, chunki bu erda tegishli tashkilot va xizmatlarning etiborini tortmaydi kishi.

Bir kelishilgan o'yindan tushadigan maksimal mablag' 100 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.

Kalchokomesse

Bizning top sahifamizni ochib beradigan janjal 2012 yilda bo'lgan - Kalchokomesse.  Aytilishicha, ushbu voqea Raja Perumalning ko'rsatmalariga binoan bo'lgan ekan. Kelishilgan o'yinlarda totalizatorga pul tikkan Juzeppe Sinori va Kristian Donilar ayblangan.

Biroz o'tib, kelishilgan o'yinlarda qatnashgan 19 nafar futbolchining nomi malum qilindi. SHu boisdan "Atalanta", "Torino", "Sampdoriya", "Siena" kabi jamoalar yangi mavsumni minus ochkolar bilan boshlashgandi.

"Liverpul" - "Manchester Yunayted"

Malumotlarga qaraganda, futbol tarixidagi ilk kelishilgan o'yin "Liverpul" - "Manchester Yunayted" bahsi bo'lgan. 1915 yillarda "qizil iblislar" yuqori diviziondan tushib ketishga yaqin bo'lishgan.  Liverpulliklar esa turnir jadvalining o'rta pog'onalaridan joy olgan va oldilariga qo'yilgan birorta vazifani bajara olmagan. Tomonlar "Manchester Yunayted"ning 2:0 hisobidagi g'alabasini kelishib olishgan. Bahs shu hisobda yakunlandi. Biroq o'sha vaqtda birinchi jahon urushi bo'layotgan bo'lsa ham Angliyadagilar buning isini sezib qolishgan. Ammo "qizil iblislar" yuqori diviziondan tushirib yuborilmagan.

"Portu" va "Boavishta"

2008 yilda "Portu" va "Boavishta" jamoalarining prezidentlari 5 yildan buyon hakamlarni sotib olish bilan shug'ullanishlari malum bo'ldi. Tergov natijalaridan keyin kelishilgan o'yinlarda hizmatda bo'lgan 18-25 nafar hakam nishonga tushdi. Policiya "Portu" prezidentini qo'lga olishga order oldi. Ammo bundan ancha ertaroq xabar topgan prezident barchasiga tayyor turgandi va 125 ming evro garov evaziga erkinlikda qoldi. 6 yil davomida Portugaliyaning ikkinchi darajali divizionida bo'lgan "Boavishta"ning ishlari esa butun dunyoga ovoza bo'lgandi.

"Marsel"

90 yillarda asosiy falokatlarning qatnashchisi "Marsel" bo'lgandi. O'sha vaqtlarda Olimpik anchagina kuchli jamoa bo'lgan va hattoki ECHL finaliga ham chiqqan. "Milan"ga qarshi o'yindan oldin "Marsel" chempionatda "Valansen" jamoasiga qarshi bahs olib borishi kerak edi. ECHL doirasida muhim o'yindan oldin katta kuch ketkazishni istamagan "Marsel" raqibi manziliga bir jamadon pul jo'natdi. Barchasi yaxshi ketayotgandi, ammo bir futbolchi policiyaga murojaat qildi. Yakunda "Marsel" ikkinchi divizionga tushirib yuborildi, jamoaning o'zi ECHL yo'llanmasidan mahrum qilindi, klub prezidenti esa 8 oyga qamaldi.

Kalchopoli

2006 yilda yana bir bora Italiyada Kalchopoli nomi bilan futbol olamidagi katta janjal bo'ldi. "Yuventus" bosh direktori Luchano Modji va Italiya hakamlari associaciyasi vakili bosh arbitrni sotib olishda ayblandi. SHuningdek, "Milan", "Lacio", "Fiorentina" va "Rejina" kabi jamoalarning prezidentlari ham ayblovga tortildi. Ish sudgacha bordi va barcha 5 klub jazolandi. "Yuventus" so'nggi 2 chempionlikdan mahrum qilindi va B Seriyaga tushirib yuborildi. "Yuve" yangi mavsumni minus 9 ochko bilan boshladi. "Milan" esa 2005/2006 yilda yig'gan ochkolaridan 30tasi olib tashlandi va keyingi mavsumni minus 8 ochko bilan boshladi. "Fiorentina" esa keyingi mavsumda ECHLda o'ynash imkoniyatidan mahrum qilindi. "Lacio" UEFA Kubogida ishtirok etmaydigan bo'ldi. "Rejina" keyingi mavsumni minus 11 ochko bilan boshlash aytildi. "Yuventus" bosh direktori Luchano Modji bir umrga futbol bilan bog'liq ishlarda ishlashiga to'siq qo'yildi.

Germaniya - Avstriya

Futbol olamidagi yirik turnirlarda ham kelishilgan o'yinlar talaygina. Mana shulardan biri: 1982 yilgi mundial guruh bosqichining so'nggi turida Jazoir termasini ortda qoldirib, o'zlari pley offga chiqishi uchun Germaniya Avstriya termasini 1:0 hisobida mag'lub etishi kerak edi. Barchasi shunday bo'ldi ham. Biroq ikkinchi bo'lim masxarabozlikka aylanib ketdi. Ikki tomon ham hujumga o'tmay, to'p bilan shunchaki aylanib yurishdi. Tegishli tashkilotlar esa "ovozsiz" rejimini yoqib olishgandi.

SHveciya - Daniya

SHunga o'xshash holat Evro-2004da ham bo'lgan. Italiya termasini qoldirib, o'zlari guruhdan chiqishi uchun SHveciya va Daniya termalari 2:2 hisobida durang qayd etishlari kerak edi. Italiyaliklar 2:1 hisobida g'alabaga erishishdi, biroq skandinaviyaliklarning o'zaro o'yini 2:2 hisobida yakunlandi.  Tabiiyki, UEFA bunga ahamiyat qaratmadi va ko'rmaganlikka oldi.

"Lion" - "Dinamo Zagreb"

ECHLning 2011 yildagi mavsumida bo'lgan "Lion" - "Dinamo Zagreb" eslasak. Ushbu o'yinda franciyaliklar raqiblarini iloji boricha yirik hisobda mag'lub etishi kerak edi. SHunday bo'ldi ham, 7:1. O'sha o'yinni ko'rganlar Vida va Gomis bilan bo'lgan hodisaga etibor qaratishdi. O'tkazib yuborilgan navbatdagi goldan keyin mehmonlar futbolchisi raqibiga ko'zini qisib qo'ydi. UEFAdagilar esa har doimgidek jim o'tirishdi.

"Dinamo" SPB - "Iriston"

Mutaxassislarning fikriga qaraganda, 2009-2012 yillarda Rossiya chempionatlarida 42ta kelishilgan o'yinlar bo'lgan. 1996 yilda "Dinamo" SPB - "Iriston" jamoalari o'rtasida o'tgan o'yin kelishilgan ekanligi bilinib qolgan. O'yin boshlanishidan oldin "Iriston" vakillari raqib jamoasi sardori Nikolay CHurakovga sotqinlik qilishi uchun 1000 AQSH dollari taklif qilishgan. Biroq bunga uning jamoadoshlari rad javobini berishgan. SHundan keyin bu barchaga ovoza bo'lib ketdi. "Iriston" ikkinchi diviziondan tushirib yuborildi. 2018 yilda Ukraina futbolida ilk marta futbolchilar emas, tashkilotchilar o'yin kelishgani malum bo'ldi. Butun bir Ukrainada 5ta jinoiy guruh va 35 klubda ishlayotgan ishchilar qo'lga olindi. Policiya bergan bayonotga ko'ra, ular klubga va futbolchilarga tegmadi, ularga faqatgina tashkilotchilar kerak.

Nigeriya

Qachonki "Barselona" autsayderga imkoniyat boy berayotgan bo'lsa, bu barchani ajablantirmay qolmaydi. Albatta, bu hech qanday kelishilgan o'yin emas. Agarda holat 2013 yildagi Nigeriyada bo'lgani kabi bo'lsa, demak bu borada shubxa ham bo'lmasdi. O'sha yili Nigeriya chempionatidagi ikki o'yin aqlbovar qilmas natijalar bilan yakunlangan - 79:0 va 67:0. O'sha o'yinlarda yutgan jamoalar to'plar nisbatidagi natijasini yaxshilab olishni istashgan. O'sha o'yinda ishlagan barcha insonlar - hakamlar, klublar futbolchilari, klub prezidentlari bir umrga futboldan chetlatilgan.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика