Siyavash Haqnazariy jismoniy holati va Eron klubiga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi
20 okt 2023 12:58
Yangiliklar
Siyavash Haqnazariy jismoniy holati va Eron klubiga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi
OKMK klubi yarim himoyachisi Siyavash Haqnazariy OCHLning 3-turidan o'rin olgan Eronning "Sepaxon" klubiga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli futbolchi kecha O'zbekiston kubogi 1/2 final o'yini doirasida "Navbahor"ga qarshi bahsda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.
"Menimcha, kechagi bahsda shunchaki mushaklarning qisilib qolishi ro'y berdi, ammo jarohatning darajasini bilish uchun bugun tibbiy tekshiruvdan o'taman. Umid qilamanki, “Sepaxon”ga qarshi bahsda jamoamga yordam bera olaman. Bu uchrashuvga alohida motivaciya bilan tayyorlanyapman. Turnirning ilk o'yinlaridagi qoniqarsiz natijalarni to'ldirishga harakat qilamiz", — dedi eronlik yarim himoyachi.
OKMK — "Sepaxon" uchrashuvi 23 oktyabr sanasida o'tkaziladi.
Fikrlar