Turkiya Superligasi. Turg'unboev va Aliqulov jamoalari mag'lubiyatga uchradi
13 apr 23:00
Yangiliklar


Turkiya Superligasi. Turg'unboev va Aliqulov jamoalari mag'lubiyatga uchradi
Turkiya Superligasi 31-tur doirasidagi "Sivasspor" - "Fenerbaxche" va "Trabzonspor" - "Rizespor" o'yinlari bo'lib o'tdi.
"Rizespor" esa mehmonda "Trabzonspor"ga mag'lub bo'ldi. Mezbonlar safida Oleksandr Zubkov dubl qayd etdi.
Mehmonla safida o'zbekistonlik himoyachi Husniddin Aliqulov o'yinda to'liq harakat qildi.
"Sivasspor" o'z uyida 1:3 hisobida "Fenerbaxche"ga mag'lub bo'ldi, mehmonlar g'alabasini Anderson Taliskaning goli va Dushan Tadichning dubli taminladi. Bundan tashqari, mezbonlar vakili Urosh Radakovich 85-daqiqada maydondan chetlatildi.
"Sivasspor" safida Aziz Turg'unboev zaxirada qoldirildi.
O’xshash yangiliklar
10:13
Salohni qo'lga kirita olmagan saudiyaliklar endi Liverpulning boshqa yulduzini sotib olishmoqchi 0

Fikrlar