"Siti"ning asosiy futbolchisi "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
31 dek 2018 10:54
Yangiliklar
"Siti"ning asosiy futbolchisi "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne APLning 21-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Bu haqda "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning o'zi shunday degan: "Kevin o'zini qanday his qilayotganini bilmayman. Ammo shunisi aniqki, uning jarohati unchalik jiddiy emas. Biroq uning o'yinda qatnasha olish-olmasligi borasida bir qarorga kelmadik".
Ayni damda "Siti" "Liverpul"dan 7 ochkoga ortda qolmoqda.
Fikrlar