"Siti"ni taslim qilgan "Arsenal" ustozi o'yindan so'ng nimalar dedi?
09 okt 2023 01:15
Yangiliklar
"Siti"ni taslim qilgan "Arsenal" ustozi o'yindan so'ng nimalar dedi?
"Arsenal" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi APLning 8-tur o'yinidan (1:0) so'ng "to'pchilar" ustozi Mikel Arteta matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Xursandman. Bu g'alaba kerakli payt, kerakli raqibga qarshi, kerakli futbolchilar bilan sodir bo'ldi. Yaxshi o'yin muhim, ammo ishqibozlarning qo'llab-quvvatlovi ham shart. Bugun katta g'alabaga erishdik.
Ikkinchi taymni juda yaxshi boshladik. Haqiqatdan ham agressiv o'yin ko'rsatdik. O'zgarishlar ham bizga yordam berdi. Gol bo'lgan vaziyatda hammasi yuqori darajada bajarildi.
Biz "Siti"ga ko'plab muammolar taqdim qila oldik. Yigitlarning o'zini tutishi menga yoqyapti.
Bu jamoaga qarshi o'ynash juda qiyin. Emociyalarni nazorat qilish, o'ziga ishonish lozim.
David Rayya bugun juda yaxshi harakat qildi. U to'pni nazorat qilib, yuqoriroq o'ynadi. Menga qo'rqmas futbolchilar yoqadi, David shundaylardan biri" - deydi "Arsenal" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar