"Siti" sobiq futbolchisi: "Klub kompaniya bo'lgan, futbolchilar esa mahsulot"
06 dek 2018 14:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/465997_original.jpg)
![](/upload/storage/465997_220.jpg)
"Siti" sobiq futbolchisi: "Klub kompaniya bo'lgan, futbolchilar esa mahsulot"
"Manchester Siti" sobiq hujumchisi, ayni damda "Gerta" sharafini himoya qilayotgan Yavayro Dilrosun "shaharliklar" tarkibida o'tkazgan davri haqida gapirib berdi.
"Bizda uchta mashg'ulot maydoni bor edi. Gap 23 yoshgacha bo'lganlar jamoasi haqida ketmoqda. Kiyinish xonasida hamma narsa bor edi. Tushlikda istagan ovqatni tanlardik, har kuni har xil taom bo'lardi. Tashkilotchilik yuqori darajada bo'lgan. "Siti" - bu kompaniya. Futbolchilar esa ularning mahsuloti.
Men Gvardiola bilan muloqot qilmaganman, ammo uning ishini kuzatib ko'p narsani o'rgandim. Mashg'ulotlar paytida rivojlanishimiz uchun u oddiy ko'rsatmalar berardi. Murabbiy mayda detallarga alohida etibor beradi va o'z taktik g'oyalarini futbolchilarga yaxshi tushuntirib beradi" - deydi Dilrosun.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar