Siti Pogbani eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi
11 may 2015 08:28
Yangiliklar

Siti Pogbani eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi
Manchester Siti Yuventus yarim himoyachisi Pol Pogba uchun PSJ, Barselona va Real bilan kurashishda davom etmoqda.
Ingliz klubi 22 yoshli francuz uchun 70 million funt (95 million evro) to'lab uni klubda eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylantirmoqchi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Sitida eng ko'p maoshni Yaya Ture oladi (haftasiga 220 ming funt).
Moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmaslik uchun shaharliklar bir qator futbolchilarni sotmoqchi. Ular orasida Interga o'tish mumkin bo'lgan Yaya Ture ham bor.
Oldinroq Yuventus Pogbani Barselonaga 80 million evro evaziga sotmagani haqida xabarlar chiqqandi.

Fikrlar