"Siti" o'yinchisi faoliyatidagi eng qiyin raqib o'yinchilari haqida gapirdi

Alisher
18 apr 2020, 17:34
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fernandino unga qarshi o'ynagan eng qiyin raqib futbolchilari haqida gapirdi.

"Qiyinlari so'zsiz Lionel Messi, Kilian Mbappe va Krishtianu Ronaldulardir. Ularning har biri maydonda ma'lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.

Bundan tashqari, "Chelsi"da o'ynab yurgan paytlari Diego Kostaga qarshi o'ynashga qiynalardim. Kosta faoliyatimdagi hammadan ham eng qiyin raqib o'yinchisidir. U o'sha paytda ajoyib formada edi. Umid qilamanki, biz hali bir-birimizga qarshi yana o'ynaymiz", - deydi Fernandino.

Diego Kosta "Chelsi" 2014-2017 yillar davomida o'ynagan. Ispaniyalik futbolchi bu vaqt davomida ikki bor Angliya chempioni va Angliya Liga Kubogi sohibiga aylangan. 31 yoshli forvard ayni damda Madridning "Atletiko" klubi (2007-2009, 2010-2014 yillarda ham klubda o'ynagan) sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal