"Siti" himoyachisi Ruben Diash - jurnalistlar talqiniga ko'ra, APLda mavsum o'yinchisi. U de Bryuyne va Keyndan o'tdi
20 may 2021 15:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/638420_original.jpg)
![](/upload/storage/638420_220.jpg)
"Siti" himoyachisi Ruben Diash - jurnalistlar talqiniga ko'ra, APLda mavsum o'yinchisi. U de Bryuyne va Keyndan o'tdi
Angliya futbol jurnalistlari associaciyasi (FWA) APLda mavsumning eng yaxshi o'yinchisini malum qildi.
Bunga "Manchester Siti" himoyachisi Ruben Diash loyiq deb topildi. U 1989 yilda "Liverpul" futbolchisi Stiv Nikol olgandan beri bunga loyiq ko'rilgan ilk himoyachi bo'ldi.
24 yoshli portugaliyalik futbolchi ovoz berishda "Man Siti"dagi sherigi Kevin de Bryuyne va "Tottenxem" forvardi Xarri Keyndan o'tib ketdi.
Diash Manchester klubiga o'tgan yozda "Benfika"dan o'tgan edi. U joriy mavsum APL doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushdi.
O'tgan mavsum FWA'ning ushbu sovrinini "Liverpul" xavbeki Jordan Xenderson olgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar