"Siti" 19 yoshli himoyachi uchun 25 mln evro taklif qildi
21 iyu 2021 22:56
Yangiliklar
"Siti" 19 yoshli himoyachi uchun 25 mln evro taklif qildi
"Manchester Siti" "Sporting" himoyachisi Nunu Mendeshni nishonga oldi.
"SHaharliklar" 19 yoshli futbolchi uchun 25 mln evro taklif qilgan, ammo "Sporting" bunga rad javobini berib, futbolchisini 50 mln evrodan kamiga sotmasligini aytib o'tgan. Biroq "Siti" Mendeshni zaxira varianti sifatida ko'rmoqda. Klub ayni damda boshqa himoyachilarni ko'rib chiqmoqda.
O'tgan mavsumda chap qanot himoyachisi Portugaliya chempionatida 29 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.
Fikrlar