So’nggi yangiliklar

14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  2 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5

Sirojiddin Allaev: “Metallurg”dan minnatdorman! Yangiliklar

Sirojiddin Allaev: “Metallurg”dan minnatdorman!

O'tgan mavsum bekobodliklar safida to'p surib, bu yilgi boshqa klubda faoliyat yuritayotgan sobiq futbolchilardan biri Sirojiddin Allaev biz bilan bog'lanib, o'z dil izhorlarini bayon etdi.

-  “Metallurg”da ajoyib mavsumni o'tkazdim. Katta futbol havosidan bahramand bo'lishimda, kuchli futbolchilarga qarshi to'p surishimda va o'zimga bo'lgan ishonchni oshirishimda imkoniyat yaratib bergan murabbiylar shtabiga, xususan Rustam To'xtamurodovich hamda SHavkat Nematjonovichlarga alohida minnatdorlik bildiraman. Bekobodda o'tgan kunlarimni unutmayman. Nasib bo'lsa bir kun albatta bu shaharga va klubga qaytishni, shu bilan muxlislarga minnatdorchiligimni izhor etishni dilimga tugib qo'yganman.

“Metallurg”dagi faoliyatim men uchun maktab bo'ldi. Jamoani o'z xohishim bilan tark etdim. “Regar” jamoasi bosh murabbiyi Muhammadjon Habibulloev ancha paytdan buyon jamoasiga chorlab kelayotgandi. SHu mavsumga to'g'ri kelgan ekan, yangi klubga o'tganimdan nolimayman. Barcha sharoitlar yaratib berildi. Jamoa o'z oldiga Osiyo futbol konfederaciyasi kubogida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishni maqsad qilgan. SHu yo'lda tinimsiz mehnat qilayapmiz. Nasib bo'lsa, mutasaddilar va muxlislar ishonchini oqlaymiz!

Imkoniyatdan foydalanib, “Metallurg” jamoasi rahbariyatini, barcha futbolchilarni yangi mavsum boshlanayotganligi bilan tabriklayman. Superliga bahslarida omad yor bo'lsin! Fikran Sizlar bilan doimo birgaman. Klubda sodir bo'layotgan o'zgarishlar, yangiliklarni muntazam kuzatib borayapman. Nasib bo'lsa, “Metallurg” bu yil katta vazifalarni bajarishga qodir, deb hisoblayman. Yangi rahbariyat, ishchan kollektiv, eng muhimi istedodli, g'ayratli yoshlar jamlanishdi. Bekobodlik futbol ishqibozlariga alangali salom yo'llayman, deydi Sirojiddin Allaev.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика