Singapurdan OFK Kubogi o'yinlariga mezbonlik olib qo'yildi
27 may 2021 20:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/639431_original.jpg)
![](/upload/storage/639431_220.jpg)
Singapurdan OFK Kubogi o'yinlariga mezbonlik olib qo'yildi
OFK Kubogining bu yilgi mavsumi jamoalarni 10ta guruhga bo'lgan holda o'tkazilyapti.
"H" va "I" guruhlari mezbonligini Singapur o'zida qabul qilishi kerak edi. Biroq mamlakatda pandemiya kuchayayotgani tufayli OFK o'z qarorini o'zgartirdi va mezbonlikni Singapurdan olib qo'ydi.
"H" guruhi: "Kedah Darul Aman" (Malayziya), "Lion Siti" (Singapur), "Saygon" (Vetnam), "Persipura Jayapura" (Indoneziya).
Guruh o'yinlari 29 iyun - 5 iyul oralig'ida o'tkazilishi kerak.
"I" guruhi: "Kaya Iloylo" (Filippin), "Terengganu" (Malayziya), "Geylang Interneshnl" (Singapur).
Guruh o'yinlari 30 iyun - 6 iyul oralig'ida o'tkazilishi kerak.
Tez orada bu borada yangi qaror qabul qilinadi, deyiladi OFK bayonotida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar