Simone: “Oblak “Atletiko”ni qutqardi, ammo vaziyatlardan foydalanishni ham o'rganish lozim”
05 jan 2020 09:58
Yangiliklar


Simone: “Oblak “Atletiko”ni qutqardi, ammo vaziyatlardan foydalanishni ham o'rganish lozim”
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simone La Liga 19-turi doirasida “Levante” (2:1) ustidan qozonilgan g'alaba haqida to'xtaldi.
“G'alaba uchun kurash o'yin oxirigacha davom etdi. Biz qulay vaziyatlar yaratishimizga qaramay, ertaroq o'yin taqdirini hal eta olmadik. Oblak 93-daqiqada raqibning xavfli zarbasini bartaraf etib, bizni qutqarib qoldi. Ammo ungacha yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishimiz kerak edi.
Biz Oblakni dunyoning eng yaxshi posboni deb hisoblaymiz. U hal qiluvchi vaziyatda o'zini ko'rsatdi va jamoasining g'alabasini saqlab qola bildi.
Biz yanada yaxshiroq harakat qilishimiz kerak. Aks holda mag'lubiyatlardan hech kim kafolatlanmagan”, deydi Simone.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar