Simon Minole: "Olg'a harakat qilish va keyingi sinovlarga tayyorlanishimiz kerak"
27 dek 2013 18:58
Yangiliklar


Simon Minole: "Olg'a harakat qilish va keyingi sinovlarga tayyorlanishimiz kerak"
"Liverpul" darvozaboni Simon Minole "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda yuz bergan Negredo gol urgan vaziyatda yaxshiroq o'ynashi mumkin bo'lganini tan oldi.
"Vaziyatlardan birida men yaxshiroq o'ynashim mumkin edi. Biroq o'tib ketgan narsa haqida o'ylab o'tirishdan foyda yo'q. Asosiysi - olg'a qadam tashlash va keyingi sinovlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. "Liverpul" ikkinchi bo'limni ajoyib o'tkazdi. Hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Hatto yutish uchun ham etarlicha vaziyat bo'lgandi", deya uning so'zlaridan "Sky Sports" iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar