Simeonening o'g'li: “A Seriyada 17 ta gol urdim, ammo termadan chaqiruv olmadim”
25 sen 2022 09:30
Yangiliklar


Simeonening o'g'li: “A Seriyada 17 ta gol urdim, ammo termadan chaqiruv olmadim”
“Napoli” hujumchisi Jovanni Simeone Argentina terma jamoasiga chiqirilmaganiga munosabat bildirdi.
“Jahon chempionatida Argentina terma jamoasining bir qismi bo'lishni istardim, ammo A Seriyada 17 ta gol urganimga qaramay, termadan chaqiruv olmadim. Umid qilamanki, bir kun kelib u erda menga ham joy topiladi”, degan Simeone.
27 yoshli forvard o'tgan mavsumni “Verona”da o'tkazib, Italiya chempionatida 35 bahsda qatnashgan holda 17+6 natijaga erishdi. U hozirda neapolliklar tarkibida ijara asosida harakat qilmoqda va jamoa libosida 6 uchrashuvda 2 ta to'p kiritishga erishdi.
Simeone Argentina TJda 2018 yilda debyut qilgan va umumiy beshta bahsda ishtirok etib, 1+1 natija ko'rsatgan. U oxirgi marta terma libosida 2018 yil noyabrida maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar