Simeone: "Torres va Manjukichning o'yinidan ko'nglim to'q"
19 jan 2015 08:45
Yangiliklar


Simeone: "Torres va Manjukichning o'yinidan ko'nglim to'q"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Granada"ga qarshi Ispaniya chempionatining 19-tur uchrashuvida harakat qilgan Fernando Torres va Mario Manjukichning o'yinidan xursand.
"Raqib tartibli himoyalandi, hujumchilarimiz esa o'z harakatlarini yanada kuchaytirib borishdi. Bu yaxshi holat, chunki ular birinchi marta birga o'ynashyapti. Torres va Manjukich ikki hildagi hujumchi. Ularning o'yinidan ko'nglim to'q" - deydi Simeone.

Fikrlar