So’nggi yangiliklar

01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  1 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  23 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2

Silliq yosharish: "Real" yarim himoyasi qanday qilib dunyodagi eng zo'rlardan biriga aylanmoqda (mutolaa uchun) Yangiliklar

Silliq yosharish: "Real" yarim himoyasi qanday qilib dunyodagi eng zo'rlardan biriga aylanmoqda (mutolaa uchun)

"Qaymoqranglilar" o'rta chizig'idagi o'zgarishlarni ko'rib chiqamiz.

Madridning "Real" klubi so'nggi vaqtlar transfer bozorida songa emas, sifatga urg'u bermoqda. "Qaymoqranglilar" "CHelsi" bilan Eden Azar bo'yicha 115 million evrolik muvaffaqiyatsiz bitimdan so'ng yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolashga ehtiyotkor munosabatda bo'lmoqda.



"Blankos"ning etiborni yoshlarga qaratayotgani bejiz emas, sababi jamoa yosharishga muhtoj. Bu ayniqsa yarim himoyaga tegishli. Kazemironing kutilmaganda "Manchester Yunayted"ga o'tishi, shuningdek Toni Kroos va Luka Modrichning yoshi "qirollik klubi"ni harakat qilishga majbur qildi.

"Real" "CHelsi"dek to'liq ko'lamda qayta qurishlarni o'tkazmaydi, balki oldinroq Karlo Anchelotti aytganidek buni silliq tarzda amalga oshiradi. Tarkibdagi barcha masalalar hal etilmagan. Masalan, hujumning oldingi qismini kuchaytirish kerak, sababi Xoseluning butun mavsum davomida yuqori darajani muntazam saqlab qolishi qiyin. "Qaymoqranglilar" Kilian Mbappeni kutishi mumkin, ammo bu yigitcha bilan barchasi ham osonmas.

"Blankos"ning hali transfer bozorida ishlari bor, ammo ular yarim himoya masalasini hal qilishganga o'xshaydi. "Qirollik klubi" o'rta chiziqni yangilash va yoshartirish vazifasini alo darajada bajarishdi. Kazemiro-Modrich-Kroos triosidan ikkitasi hali tarkibda, ammo ularning uchchalasiga ham o'rinbosar bor. "Real"da hatto oldin rejalashtirilganidan ko'proq yosh xavbeklar paydo bo'ldi. Kimnidir xarid qilish yoki ilib ketish ustidan chiqildi, kimdir esa ijaradan qaytdi. Endigi vazifa esa ularning barchasini to'g'ri joylashtirish.



Yoshlar haqida gapirsak, "qaymoqranglilar"ning hozirgi yarim himoyasidan birinchi bo'lib Federiko Valverde kelgan. "Blankos" 2016 yildayoq yosh yarim himoyachini "Penyarol"dan 5 mln evroga xarid qilgan. Futbolchi hozirda 100 millionga baholanmoqda. "Real" tizimida atigi "Deportivo"dagi bir yillik ijara bilan bunday o'sish oson ish emas. Xavbek endigina 24 yoshda va u hali faoliyatining cho'qqisida emas.

Valverde 2018 yildan "Real"ning birinchi jamoasida ishtirok etmoqda. U mavsumdan-mavsumga ko'proq o'yin amaliyoti olmoqda va ko'proq samarali harakatlarni amalga oshirmoqda. Bu borada o'tgan mavsum Fede uchun eng yaxshisi bo'ldi. Urugvaylik faqatgina La Ligada gol+pas tizimi bo'yicha 11 ochko (7+4) jamg'ardi. Va bu uning ko'proq hujumda harakat qilishga to'g'ri kelayotgani bilan ham bog'liq. Valverde o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 56ta o'yinda harakat qildi: yarim himoya markazida 29ta, o'ng vingeri poziciyasida 25 marta, yana 2 marta yarim himoyani o'ng qismida.



Urugvaylikning transformaciyasi "Real"ning nafaqat yarim himoyani kuchaytirayotgani, balki o'yinchilarni serqirra qilgan holda, ularni rivojlantirishga etibor berayotganini ko'rsatmoqda. Eduardo Kamavinga bilan ham shunday bo'lgandi. Francuz "qirollik klubi"ga 2021 yilning yozida "Renn"dan o'tdi. Bitim narxi 31 mln evroni tashkil etdi. O'yinchining transfer narxi esa 2 mavsumda 85 milliongacha oshdi.

Francuz Ispaniya poytaxtiga markaziy xavbek va tayanch o'yinchisi sifatida keldi, o'tgan mavsum esa chap himoyachi bo'lishiga ham to'g'ri keldi. Kamavinga mavsum davomida o'zi uchun yangi poziciyani o'zlashtirdi, shu bilan birga jamoa unchalik ham sifatni yo'qotmadi. Yigitcha 20 yoshda, ammo uni turli poziciyalarda ishlatish mumkin, o'sish uchun imkoniyat esa hali ham yuqoriligicha qolmoqda.

Orelen CHuameni o'zining birinchi mavsumida muntazam o'yin namoyish etmadi, ammo bazida yaxshi o'yinlar ko'rsatdi. Francuz "Real"ga 2022 yilning yozida "Monako"dan 80 mln evro evaziga o'tgandi. "Qaymoqranglilar" Kazemironing ketishi sabab yangi o'yinchini birdan jangga tashlashiga to'g'ri keldi. CHuameni deyarli muammosiz "blankos" tarkibidagi asosiy tayanch yarim himoyachisi bo'ldi. Xavbek mavsumning birinchi qismida ikkinchisidan ko'ra ishonchliroq harakat qildi, ammo "qirollik klubi"dagi debyut yil uchun yomon chiqmadi. Futbolchi 23 yoshda va o'sish uchun sabablar bor.



"Real" uchun albatta mavsumlar oralig'idagi asosiy transfer Dortmundning "Borussiya"sidan Jud Bellingemning o'tishi bo'ldi. Bitim narxi 103 mln evroni tashkil etdi. Jud 20 yoshidayoq Bundesliganing eng yaxshi o'yinchilaridan biriga aylandi. SHu mavqei bilan u erni tark etdi. Bellingem ham yarim himoya markazida, ham qanotlarda o'ynashi mumkin. SHu bilan birga, uning samaradorlik ko'rsatkichi yaxshi. Angliyalik o'tgan mavsum Bundesligada gol+pas tizimi bo'yicha 12, undan oldingi mavsumda esa 11 ochko jamg'argandi.

Jud bilan Madridga yarim himoyachilardan Braim Dias va Arda Gyuler keldi. Biri "Milan"dagi ijaradan qaytdi. Ikkinchisi uchun esa "qaymoqranglilar" "Fenerbaxche"ga 20 mln evro to'lashdi. Dias 23 yoshda, ammo u asosiy tarkib uchun tayyor o'yinchi. Ispan "rossoneri" safida ancha toblandi. U "qizil-qoralar" uchun muhim o'yinchi edi, jumladan skudetto uchun kurashda ham. Gyuler esa 18 yoshda. Turk juda yosh, ammo aqlbovarqilmas darajadagi maqsadlarga ega. U ochiqchasiga ijaraga ketishni xohlamasligi va birdan "blankos"ning asosiy tarkibidagi o'rin uchun kurashishni rejalashtirayotganini aytdi.



Hozir "Real" yarim himoyasida juda ko'p yarim himoyachilar bor, ularning umumiy narxi 400 mln evrodan ortiq. Bu yosh, ammo o'zlarining kuchli va o'ziga xosliklarga ega sifatli o'yinchilardir. Ularning deyarli har biri kamida ikki turli poziciyada o'ynashi mumkin. Endi barchasi balansni izlashga bog'liq. Endilikda ulardan barchasi o'zlarining eng yaxshi sifatlarini ko'rsatishlari uchun maydonda to'g'ri foydalanish kerak. "Qirollik klubi"ning yarim himoyasi ehtimoliy dunyodagi eng yaxshilardandir, ammo buni amalda isbotlash kerak.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика