Sidorov Qo'qon-1912 lagerini tark etdi
02 fev 2020 10:30
Yangiliklar


Sidorov Qo'qon-1912 lagerini tark etdi
Qo'qonliklar yangi mavsumga ayni damda Farg'onada tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoa safida kun-ora o'zgarishlar kuzatilayotganini aytish lozim.
Olingan malumotlarga ko'ra, bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov 25 yoshli hujumchi Andrey Sidorov bilan xayrlashishga qaror qilgan. Xuquqiy jixatdan «Paxtakor» futbolchisi hisoblanadigan Sidorov o'tgan mavsum aynan Ashurmatovning taklifiga binoan «Buxoro»ga borib, o'ynagandi. Sidorov u erda 7ta o'yin (383 daqiqa) o'tkazib, o'z hisobiga 1ta gol yozdirib qo'ygandi.
Malumot uchun, qo'qonliklar safida hozir Otabek Haydarov, Zohid Abdullaev, SHoxnazar Norbekov va Hamidullo Abduhamidov singari hujumchilar bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar