Si Czinpin Tailand vaziriga: "Men terma jamoamizga ko'p ham ishonmayman"
18 noy 2023 21:19
Yangiliklar
Si Czinpin Tailand vaziriga: "Men terma jamoamizga ko'p ham ishonmayman"
XXR raisi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti oldidan Tailand Bosh vaziri Setta Txavesin bilan uchrashib, u bilan ushbu mamlakatlar terma jamoalari o'yinlari natijalarini muhokama qildi.
Si Czinpin dastlab qo'llari juda kichik bo'lgani uchun basketbol o'ynay olmasligini aytgan, biroq o'ng oyog'ini ikki marta ko'targanidan so'ng “futbol o'ynashi” mumkinligini aytdi.
Txavisin inglizcha javob berdi: “Sizga futbol yoqadimi? Menga ham. Kecha Xitoy Tailandni mag'lub etdi, shu sabab biz chempionatga chiqa olmaymiz".
Tarjimon Xitoy Xalq Respublikasi rahbariga Bangkokda bo'lib o'tgan o'yin 2:1 hisobida yakunlanganini tushuntirdi va u shunday javob berdi: “Rostdanmi? Menimcha, bu kichik tasodif. Men terma jamoamizga ko'p ham ishonmayman, uning darajasiga ishonchim komil emas”.
Si Czinpin qo'li bilan to'lqindek harakat qildi va shunday dedi: “Ko'tarilishlar va pasayishlar bo'lib turadi”.
Fikrlar