SHveciya terma jamoasi azosi Farruh Ikromovdan uzr so'radi
10 sen 2021 11:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657054_original.jpg)
![](/upload/storage/657054_220.jpg)
SHveciya terma jamoasi azosi Farruh Ikromovdan uzr so'radi
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi SHveciya bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
O'yinning ikkinchi bo'limi boshida Farruh Ikromov raqib himoyachisi Yoakim Nilsson bilan to'qnashib ketdi va jarohat oldi. Kecha Nilsson Instagram orqali futbolchimizdan uzr so'radi.
"Salom, do'stim!
Hozirgina sening tizzangdagi jarohat jiddiy ekani haqidagi xabarni eshitib xafa bo'ldim. Senga jarohat etkazish haqida o'ylamagandim ham, bundan juda ham afsusdaman.
Senga tezroq tuzalib ketishingni tilayman va yana maydonda ko'rish uchun duo qilaman.
Kuchli bo'lib qol!", - deb yozadi Yoakim Nilsson.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar