So’nggi yangiliklar

09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  1 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  1 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  3 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  5 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  27 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1

SHvaynshtayger hozir qaerda? Yangiliklar

SHvaynshtayger hozir qaerda?

Bir necha yillar davomida Germaniya terma jamoasida o'ynagan Bastian SHvaynshtayger haqida eshitmagan odam bo'lmasa kerak.

U nemis futboli uchun borini berdi. Har doim maydondagi eng mehnatkash futbolchi hisoblanardi. "Basti" terma jamoa va klub miqyosida bir futbolchi erishishi mumkin bo'lgan barcha narsaga erishdi. Futbolga ixlosmand nemislar uni "Fußballgott" laqabi bilan atashadi. Ushbu terminni tilimizga bevosita tarjima qilsak, "futbol dahosi" deganidir.
Xatto, nemis futboli qiroli - ham futbolchi, ham murabbiy tariqasida mundialni yutgan birinchi inson Frans Bekkenbauerni ham "Kayzer Frans" ("Qirol Frans") deb ataganlar. Bastini esa...



Terma jamoa bilan mundiallarda ikki bor bronza, 2014 yil esa oltin medallarga ega chiqqan. "Bavariya" bilan ichki chempionatda chempion bo'laverganidan zerikib ketgan, jamoasi favorit deb hisoblangan chempionlar ligasi finallarida mag'lub bo'lsada, harakatdan to'xtamay 2013 yil bu baxtni principial raqiblariga qarshi bahsdagina totib ko'rdi.



Basti 2015 yil Manchester tomon yo'l oldi. Balki, keyinchalik o'zining eng katta xatosi sifatida "mankunian"ga aylangan kunini eslar. Zero, Joze Mourinyu uchun nom, unvon, salohiyat muhim emas. Unga kimningdir yuzi yoqmasa ham, jamoasida ko'rishni istamaydi. Ishonmasangiz, Kasilyas va Salahdan so'rab ko'ring. Nima bo'lganda ham Manchesterdagi voqealar Bastining buyukligiga zarracha tasir ko'rsatolmaydi.



2016 yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlab, o'zi Filip Lamdan qabul qilib olgan sardorlik bog'ichini Manuel Noyerga topshirgach, 2017 yil 21 martda okean ortiga yo'l oldi. Bu uning ko'hna qitadagi missiyasi yakunlanganidan darak edi.



Bugun bazilar Bastianning qaerdaligini-da unutgan. U hozir MLSda "CHikago Fayr" sharafini himoya qilmoqda. Balki, vaqti kelganda murabbiy sifatida Evropaga qaytib, yana qitani bo'ysindirar. Yillar o'tib, bu savolga ham javob topamiz.


Fahriddin Ro'ziev

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика