SHukurovga jarohat etkazgan futbolchi klubi tomonidan jazolandi
27 mar 2019 18:40
Yangiliklar


SHukurovga jarohat etkazgan futbolchi klubi tomonidan jazolandi
Xitoylik futbolchi O'zbekiston terma jamoasiga qarshi China Cup-2019 turnirining 3-o'rin uchun bahsida yarim himoyachi Otabek SHukurovga jiddiy jarohat etkazgan edi.
Vei SHixaoning transfer huquqiga egalik qiluvchi "Guanjou Evergrand" futbolchini O'zbekistonga qarshi bahsdagi ishi uchun jazolashga qaror qildi. 23 yoshli yarim himoyachi bir oy davomida "Guanjou" uchrashuvlarida maydonga tusha olmaydi. Bundan tashqari, klub futbolchining harakatini to'liq o'rganib chiqadi va uni bir umrga klubdan chetlatishi ham mumkin.
Xitoy - O'zbekiston uchrashuvidan (0:1) so'ng futbolchi Otabek SHukurovni ko'rgani kelgan va hamyurtimizdan kechirim so'ragan edi. Ammo klub Vei SHixao kechirim so'rash kam deb hisobladi va unga jiddiy jazo berishga qaror qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar