So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  0 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

SHukurali Po'latov: “Asosli tanqidni to'g'ri qabul qilaman” Yangiliklar

SHukurali Po'latov: “Asosli tanqidni to'g'ri qabul qilaman”

Milliy chempionatimizga asos solinganidan buyon Farg'onaning “Neftchi” jamoasi oliy ligada ishtirok etib keladi.
Ammo so'nggi yillarda “Neftchi”ning ishlari biroz yurishmayapti. Bu yil ham ular chempionat bahslarida bir necha bor kerakli bo'lgan ochkolarni raqiblariga “taqdim etishdi”. Oliy liganing 25-turida farg'onaliklar Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qilib, qiyin bo'lgan uchrashuvda raqiblarini kichik hisobda mag'lub etishdi. Biz “Neftchi” jamoasi himoyachisi SHukurali Po'latov bilan bog'lanib, chempionatimiz bahslari va faoliyati borasida suhbatlashdik.

-  Bu yilgi chempionat bahslarini jamoamiz barqaror o'tkaza olmayapti,-deya so'z boshladi SHukurali Po'latov. O'z maydonimizdagi uchrashuvlarning  aksariyatida muxlislar ko'z o'ngida mag'lubiyatga uchradik. SHuning uchun ham biroz ortga qadam tashladik, deb o'ylayman. Futbol 90 daqiqa o'ynaladi. Biz raqiblarimiz darvozasini ishg'ol qilib, keyin himoyaga yotib olmaymiz. Murabbiylarimiz bizga bunday vazifa bermaydi. Kuchli raqibga qarshi bahs olib boradiganimizda ham gol urib, himoyaga yotibolmaymiz, biroz etiborni kuchaytiramiz. “Neftchi” jamoasi chempionat bahslari o'tkazila boshlagan paytlarda faqat chempionlik uchun kurash olib borgan. Jamoa oxirgi marta chempionlikni qo'lga kiritganiga ham 15 yil to'ladi...

-  To'g'ri aytdingiz, avvallari “Neftchi” istalgan raqibga muammolar tug'dirardi. O'z uyidagi barcha uchrashuvlarda deyarli g'alaba qozonardi. Hozir esa barcha raqiblarimiz bizdan ochko olish uchun Farg'onaga tashrif buyurmoqda. Endi Bu futbol. Balki, avvalgi tarkibga qaraganda hozirgi tarkibimiz biroz kuchsizdir. Qo'limizdan kelgancha muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilyapmiz. Barchamiz jamoamiz uchun  borimizni beramiz. Avvalgi “Neftchi” bilan hozirgisini taqqoslab bo'lmaydi. Oldin “Neftchi” haqiqatan ham kuchli jamoa bo'lgan. To'g'ri, bu yilgi chempionatning ikkinchi davrasida ketma-ket 5 marotaba mag'lub bo'ldik. Alamli mag'lubiyatlardan so'ng, nihoyat, ikki marotaba g'alaba qozondik. Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin ruhiy tomondan tushkunlikka tushib qolarkansiz. Yosh futbolchi bo'ladimi yoki tajribalimi, bunday vaziyatda, baribir, bosimni his qiladi. Nasib qilsa, endi mag'lubiyatga uchramaslik uchun kurashamiz. Jamoamizda jarohat olganlar va  diskvalifikaciyasi bois maydonga tusholmaydigan futbolchilar ko'p. SHuning uchun ayrim o'yinlarda jangovar tarkib bilan o'ynay olmayapmiz. Jarohatlar ham o'z so'zini aytmoqda.



-  Lekin jamoa muxlislariga buni tushuntirish kiyin...
-  Albatta. Avvallari “Neftchi” kamida kuchli uchlikka kirish uchun kurash olib borgan. SHuning uchun ham Farg'onada barcha futbol muxlislari g'alaba qozonishimizni xohlaydi. Mag'lub hech kimga yoqmaydi. SHu sababli muxlislarning atnqidlarini asosli, deb bilaman. Nasib qilsa, qolgan turlarda ijobiy natija qayd etamiz. Har bir jamoanining ashaddiy muxlisi sevimli futbolchilarining yaxshi va yomon kunida yonida bo'ladi. Biz ketma-ket o'yinlarda g'alaba qozonsak, muxlislarimiz stadionlarga qaytib, bizni qo'llab-quvvatlaydi, deb o'ylayman. Tanqidlardan o'zimga kerakli xulosa chiqara olaman. CHunki ular muxlis, biz uchun  stadionga tashrif buyurishadi. Futbol millionlar o'yini deb bekorga aytilmagan. CHegaradan chiqmagan holda tanqid qilinsa, men to'g'ri qabul qilaman.

-  Umumiy qilib olib qaraydigan bo'lsak, chempionatimiz o'yinlariga muxlislar tashrifi kamayib ketdi. Bu nima bilan bog'liq, deb o'ylaysiz?
-  Vodiydagi Farg'ona markaziy o'yingohini oladigan bo'lsak, futbolchilik faoliyatimni boshlaganimdan beri kamida 10-12 ming nafar muxlis stadionga tashrif buyurardi. Bu yilgi chempionatimizda muxlislarimizni ishonchini oqlay olmadik. Ketma-ket alamli mag'lubiyatlar bo'ldi. Muxlislarimizning kamayishiga biz sababchimiz, deb o'ylayman. Boshqa jamoalarning o'yinlariga nima sababdan muxlislar tashrifi kamayib ketdi, ochig'i, bilmayman.



-  Bilamizki siz Yuriy Vazgenovich Sarkisyan qo'l ostida ko'p vaqt mashg'ulot o'tkazgansiz. Ushbu murabbiy haqida nima deya olasiz?
-  Buni aytsam ham ko'pchilik yaxshi biladi. Yuriy Vazgenovich qattiqqo'l, talabchan murabbiylar sirasiga kiradi. Bu murabbiy qo'l ostidagi futbolchilarni ham ruhiy ham jismoniy taraflama o'yinga yaxshi tayyorlay olardi. SHuning uchun u murabbiylik paytida ijobiy natijalarga erishgan. Bilsangiz, Yuriy Vazgenovich “Neftchi”da ishlagan paytda legioner futbolchilarning hizmatlaridan foydalanmasdi. Faqat mahalliy futbolchilarni o'ynatishga harakat qilardi. Vazgenovich “Manchester Yunayted” klubi sobich bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson bilan bir vaqtda murabbiylikni boshlagan va bir vaqtda ishdan ketgan. SHuning uchun ham ko'pchilik ushbu ikki murabbiyni bir biriga o'xshatishadi.

-  Agarda sizga boshqa jamoadan taklif tushsa, qanday yo'l tutasiz yoki faoliyatingizni “Neftchi”da yakunlash niyatingiz bormi?
-  Har bir futbolchi kuchli jamoalarda o'ynashni xohlaydi. Kuchli klublarda o'ynasangiz, terma jamoa murabbiylarining etiboriga tushasiz. “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” jamoalaridan birida o'ynash oldinga qo'yilgan qadam deb o'ylayman.

-  So'nggi so'z o'rnida muxlislarga tilaklaringiz?
-  Muxlislardan har doim qo'llab-quvvatlashlarini so'rayman. Ishqibozlarimiz stadionga kelib, bizni quvvatlab tursa, biz ham shundan ilhomlangan holda g'alabalarimizni taqdim etamiz. Nafaqat “Neftchi” jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni, balki O'zbekistondagi barcha klublarimiz ishtirokidagi bahslarni stadionga kelib tomosha qilishlarini tilab qolaman. Muxlislarsiz futbol yo'q.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика