So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  2 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  1 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  15 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

SHuhrat Tojiboev: “Dunyoga O'zbekistonda futzal rivojlanyotganini ko'rsatishni istaymiz” Yangiliklar

SHuhrat Tojiboev: “Dunyoga O'zbekistonda futzal rivojlanyotganini ko'rsatishni istaymiz”

10 sentyabr kuni Kolumbiya mamlakatida futzal bo'yicha Jahon chempionati start oladi. Ushbu mundialda O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor ishtirok etishi bilan biz uchun ahamiyatli.

Biz Jahon chempionatiga bir necha kun qolganida terma jamoamizning tajribali o'yinchisi SHuhrat Tojiboev bilan suhbatlashdik.

- Toshkentda o'tgan Osiyo chempionatini siz tomoshabin sifatida kuzatgan edingiz. Taassurotlaringiz qanday bo'lgandi?

- Toshkentda tashkil etilgan Osiyo chempionati juda alo darajada o'tgandi. Afsuski o'z uyimizda bo'lgan qita chempionatini jarohatim bois o'tkazib yuborgandim. Jamoamga yordam bera olmayotganimdan juda ham ranjidim. SHukurki yigitlar xalqimizni xursand qilib, ajoyib o'yin ko'rsatib, haqli ravishda tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Men har bir uchrashuvda terma jamoamizni qo'llab-quvvatlab turishga intildim.

- Jahon chempionatiga tayyorgarlik qanday kechdi?

- Mundialga tayyorgarlik bahor faslidanoq boshlangandi. Aprel oyida 10 kunlik yig'in doirasida Yaponiyadagi xalqaro turnirda qatnashib qaytdik. U erda Vetnam va Yaponiya bilan o'yinlar o'tkazdik. Undan keyin iyul oyidan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ancha kuchaygan tarzda davom ettirildi. Tojikiston bilan 3ta o'yin o'tkazdik, avgustda Qozog'istonga borib mezbonlarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. So'ngra Ozarboyjon bilan Toshkentda bellashdik. Avgust oyi so'nggida Osiyo chempioni Eron bilan safarda ikkita bahs o'tkazdik. Yig'inlar davomida 2 mahaldan mashg'ulotlar o'tkazdik. Murabbiylar yangi taktikalarni bizga singdirishga urinishdi.


- Ozarboyjon, Qozog'iston bilan o'yinlar haqida nimalar deya olasiz?
- Ikkala jamoa ham Kolumbiyadagi Jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu esa ularning qanday kuchga ega ekanliklari haqida ortiqcha gapirib o'tirish shart emas deganidir. Qozog'istonda ham Ozarboyjon terma jamoasida ham braziliyalik futzalchilar o'ynashadi. Uchrashuvlarda mashg'ulotlarda qo'llangan standartlarimizni amalda sinab ko'rdik. O'rtoqlik o'yinlari bizga foyda keltirganiga shubha yo'q.

- Portugaliya va Ispaniya kabi jahonning eng kuchli jamoalar bilan o'yinlar bo'ldi. SHu bahslar haqida.

- Haqiqatdan ham to'g'ri aytdingiz, Portugaliya va Ispaniya jahonning eng kuchli futzal jamolari hisoblanishadi. Ispaniya ikki marta Jahon chempioni bo'lgan, yana uch marta finalda mag'lub bo'lgan. 10 marta o'tkazilgan Evropa chemiponatida 7 marta aynan Ispaniya chempionlikka erishgan, amaldagi Evropa chempioni hisoblanadi. Portugaliya esa so'nggi yillarda Evropa va Jahon chemiponatlarida munosib ishtirok etib kelmoqda. Menimcha bunday jamoalar bn o'yin o'tkazish bizlar uchun juda katta foyda keltirdi. Jamoamiz bu o'yinlarda yaxshi harakat qildi, to'g'ri saviya borasida raqiblar kuchli edi. Lekin menimcha qancha kuchli raqiblar bilan o'ynasangiz shuncha saviyangiz oshib boraveradi.


- Kuchli jamoalar bilan o'rtoqlik o'tkazish yaxshi. Lekin yirik mag'lubiyatlar yigitlar ruhiyatiga salbiy tasir qilmasmikin?
- Murabbiylar shtabi jamoa azolari bilan juda yaxshi ishlashmoqda. Xose Mariya Mendez o'rtoqlik uchrashuvlaridagi natija hech nimani anglatmasligini, eng asosiysi Jahon chempionatidagi natija bo'lishini tushuntirgan. O'rtoqlik o'yinlari mundialga tayyorgarlik uchun xizmat qiladi.

- Tarkibga jalb etilgan yosh futzalchilar haqida fikrlaringiz qanday?

- Murabbiylar uzoqni ko'zlagan holda asta-sekin terma jamoaga yosh futzalchilarni ham qo'shib borishmoqda. Jahon chempionatida ishtirok etadigan yoshlarimiz juda tirishqoq yigitlar. Yosh bo'lishlariga qaramay yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda. Davron CHoriev anchadan buyon terma jamoa azosi hisoblanadi, uning o'yinlarini Osiyo chempionatida ham ko'rgansizlar. Mashrab Odilov ham o'zining harakatlari bilan mundialga borishga munosib ekanini isbotlay oldi. Ilhom Hamroev esa menimcha Jahon chempionatida ishtirok etadigan eng yosh futzalchilardan biri bo'ladi. Uning ham kelajagi porloq deb o'ylayman.

- Portugaliya va Ispaniyadagi yig'in qanday sharoitlarda kechmoqda?

- Portugaliya va Ispaniyadagi yig'inlar yaxshi sharoitda kechmoqda. Barcha mashg'ulotlar rejadagidek olib borilmoqda. SHart-sharoitlar alo darajada. SHu o'rinda mundialga tayyorgarlik ko'rishda shunday imkoniyatlar yaratib bergan O'FF va O'FA rahbariyatiga butun terma jamoamiz nomidan minnatdorchlik bildirib o'taman.


- Guruhdagi raqiblarni o'rganish qanday kechmoqda?
- Guruhdagi raqiblarimizni murabbiyimiz o'rganib chiqishdi. Endi har bir mashg'ulotda ularga qarshi qanday o'ynash kerakligi, ular qanday o'ynashinini tushuntirib borishmoqda. Murabbiy barcha malumotlarni bizga etkazishga harakat kilayapti. Mundial boshlanguniga qadar barcha malumotlarni olib bo'lamiz.

- O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida qanday natijaga erishishi mumkin deb o'ylaysiz?

- Terma jamoamiz o'z tarixida ilk bor mundial final bosqichiga yo'l oldi. Yigitlarning barchasi o'zini ko'rsatishga, vatan terma jamoasi uchun borini berib o'ynashga tayyor. SHuncha qilingan tayyorgarlik o'z samarasini berib nasib qilsa Kolumbiyadagi Jahon chempionatida yaxshi natijaga erishib qaytamiz. Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish. Butun dunyoga O'zbekiston mamlakatida ham futzal rivojlanyotganini ko'rsatishni istaymiz.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика