SHuhrat Rahmonqulov: “Guruhda birinchi o'rinni egallashimizga ishonaman”
14 jan 2015 10:03
Yangiliklar
SHuhrat Rahmonqulov: “Guruhda birinchi o'rinni egallashimizga ishonaman”
Bo'lajak uchrashuv oldidan terma jamoamizning sobiq futbolchisi SHuhrat Rahmonqulovning fikrlarini so'radik.
- Bilasizmi, har qanday musobaqaning birinchi o'yini o'ziga yarasha his-xayajonga boy tarzda bo'ladi. KXDR bilan o'tgan uchrashuvda ham yigitlarimizda bu xolat kuzatildi deyish mumkin. Umuman olganda bahs yomon kechmadi. Deyarli 80 daqiqa hujumni vakillarimiz uyushtirdi. Raqib jamoa esa uchrashuv so'nggidagi zarbadan tashqari boshqa aytarli xavf tug'dira olmadi. Nesterov o'zini ko'rsatib, muqarrar goldan saqlab qolgani esa tahsinga loyiqdir. Uning tajribasi qo'l keldi.
- Bugun Xitoyga qarshi kechadigan o'yindan ham yigitlarimizdan faqat g'alaba kutyapmiz. Dastlabki uchrashuvdagi hayajonlanishlar ortda qolgan bo'lsa ajab emas. Qolaversa raqib jamoani bizdan ustun jihatlarini ko'rmayapman. Umid qilamizki, bugun futbolchilarimiz hujumkor o'yin namoyish etib, xalqimizni xursand qiladi.
- SHaxsan men guruhdagi 1-o'rinni egallashimizga ishonyapman. Bunga umid qilyapman. Oldin keyingi bosqich masalasini xal qilib olaylik, keyin Avstraliya yoki Janubiy Koreya haqida bosh qotiramiz – deydi SHuhrat Rahmonqulov.
Islombek Rustambekov.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar