So’nggi yangiliklar

09:00Криштиану Роналду самарадорлигининг учта сирини ошкор қилди  2 08:31Аббосбек Файзуллаев айни вақтда ЦСКАдаги мотивацияси нима эканлигини маълум қилди  0 08:04Тен Хаг МЮнинг АПЛнинг янги мавсумидаги илк учрашувидан сўнг нималар деди?  1 07:33ОЧЛ-2. "Насаф"нинг ўйинлар тақвими билан танишинг  3 04:04Футзал. ЖЧ-2016. Ўзбекистоннинг дебюти, кўзи ожиз болакайга қилинган совға ҳамда "футзал Пелеси"нинг хайрлашуви ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Фулхэм" 1:0, 42 миллионлик трансфер гол урди  1 02:31ЛаЛига. "Севилья" дуранг билан бошлади  0 01:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" янги футболчисининг голи эвазига мавсумни ғалаба билан бошлади  23 01:49Франция чемпионатига старт берилди: ПСЖ мавсумни сафардаги "қийин" ғалаба билан бошлади  1 01:45Германия Кубоги. "Бавария" катта қийинчиликсиз кейинги босқичга йўл олди (+ВИДEО)  0 01:16Энцо Мареска таркибда 43 футболчи борлиги ҳақида: "Бизга яна футболчилар керак"  11 00:50Ўзбекистон футзал термаси Португалияга мағлуб бўлди  2 00:36Расман: Шакири собиқ жамоасига қайтди  2 00:13Фарҳод Нуруллаев: "Бугун қарши ҳужумда ўйнаб, натижага эришишни мақсад қилгандик"   2 23:36Эрон. Машарипов ва Юсупов жамоалари мавсумни ғалаба билан бошлади  2

SHuhrat Rahmonqulov: “Birinchi liganing saviyasi yildan-yilga tushib ketmoqda” Yangiliklar

SHuhrat Rahmonqulov: “Birinchi liganing saviyasi yildan-yilga tushib ketmoqda”

Kecha birinchi liganing 13-turidan o'rin olgan “Paxtakor-2” – “G'ijduvon” (7:1) o'yinida mezbonlar yirik hisobda g'alaba qozondi. Uchrashuvdan so'ng “Paxtakor-2” jamoasi boshlig'i SHuhrat Rahmonqulov bilan suhbatlashdik.
- O'yin haqida nima ham derdim, raqib jamoa juda ham bo'sh ekan. Bu gapim bilan ularni kamsitmoqchi emasman. Lekin haqiqatdan ham g'ijduvonliklar jiddiy qarshilik ko'rsata olishmadi. “Paxtakor-2”ni kuchli o'yin ko'rsatdi deya olmayman. Yigitlar har doimgidek o'yinni namoyish etdi. Raqib jamoaning kuchsiz ekanligi ilk daqiqalardanoq bilinib qoldi. 3-daqiqada hisob ochilgach, keyin hammasi bizning foydamizga hal bo'ldi. Birinchi taymning o'zidayoq hisob 4:0 ko'rinishga kelgandi. Endi o'zingiz xulosa qilavering. Aytishlaricha “G'ijduvon” Toshkentga bir nechta jiddiy yo'qotishlar bilan kelgan ekan. Balki tajribali futbolchilarining yo'qligi ularga tasir o'tkazgandir.  

- Ochig'ini aytganda, birinchi liganing saviyasi yildan-yilga tushib ketmoqda. Bunga nima sabab bo'layotgani yoki qanday qilib saviyani oshirish kerak degan savol ko'ndalang turibdi. Aniq bir nima deyish qiyin. Ilgari birinchi liga o'yinlari boshqacha ruh ostida o'tardi. Hozir huddi bir shahar birinchiligiga o'xshab qolgandek tuyulmoqda. Oddiy bir misol aytadigan bo'lsam, yaqin-yaqingacha “Paxtakor-2”dagi yigitlar o'yinga tushayotganida raqibdan ozgina bo'lsada, hayiqib tushardi. CHunki bilasiz bizda akademiya bitiruvchilari xarakat qiladi. SHu bois o'zlaridan bir muncha tajribali bo'lgan raqiblari oldida yirik hisobda taslim bo'lmasmikin degan fikr yangrardi. Bugungi kunda esa yosh futbolchilarimiz o'yinga hotirjam chiqib kelishmoqda. Ularda hech qanday qo'rquv yoki hayajon yo'q.

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика