SHuhrat Qurbonov: "Bizga bitta g'alaba zarur edi"
27 apr 2024 10:21
Yangiliklar
SHuhrat Qurbonov: "Bizga bitta g'alaba zarur edi"
O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan "Do'stlik" - "Sirdaryo FA" (5:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Qurbonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"G'alaba qozona olmayotgan edik. Bugungi yutuq futbolchilarimizga motivaciya bo'lishiga ishonaman. Sirdaryo jamoasi tarkibida yosh futbolchilar bor ekan, ular bizga o'yin davomida raqobat yaratishga urinishdi. Vaziyatlar yaratishdi, maydonda jiddiy kurash kechdi.
Aytib o'tganimdek, g'alaba qozona olmayotganimiz tufayli bu yutuq jamoamizga katta motiaciya bo'ladi. Tarkibimizdagi yigitlarning asosiy qismi Birinchi ligadan buyon biz bilan ishlab kelishayapti. Turli emocional holatlarda ularga motivaciya berishga harakat qilayapmiz.
Navbatdagi bosqichga 2 ta Superliga klubi chiqdi. Biz kubok uchrashuvlari davomida o'zimiz uchun zarur tajribalarni to'pladik" - deydi "Do'stlik" bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar