So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. ПСЖ "Сиэтл Саундерс"ни таслим қилди ва гуруҳда биринчи ўринни эгаллади, "Атлетико" ғалаба қозонган бўлсада уйга қайтади  3 01:54“Навбаҳор” ПФК раҳбариятида ўзгариш юз берди  2 01:20"Арсенал" словакиялик футболчи учун 70 млн. евро тўлашга тайёр, аммо "Лейпциг" 80 млн. евро сўраяпти  1 00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  4 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   3 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  3 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  73 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  1 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  37 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1

SHuhrat Muhammadiev: "Lokomotiv"ga chempion bo'lish uchun keldim" Yangiliklar

SHuhrat Muhammadiev: "Lokomotiv"ga chempion bo'lish uchun keldim"

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi futbolchisiga aylangan SHuhrat Muhammadiev saytimizga eksklyuziv intervyu berdi.


"Nasaf" jamoasining sobiq futbolchisi "Lokomotiv"ga katta maqsadlar bilan kelganini takidladi.


- Avvalo "Nasaf" klubi rahbariyatiga, jamoadagi barcha murabbiy va ishchi xodimlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. "Nasaf" bilan do'stona ruhda, aka-uka bo'lib xayrlashdik. Jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev, yordamchi murabbiy SHuhrat Toshpo'latov, Denis Ivankov, Ilnur Sibagatullin va jamoa shifokorlari, mamurlarga rahmat deb qolaman.

Jamoaning ashaddiy muxlislari, ishqibozlariga katta rahmat aytaman. Ular doimo jamoamizni, xususan meni faollik bilan ko'llab-quvvatlashgan. Ulardan hech qachon yomon so'z yoki haqoratli gaplar eshitmaganman. Ularga katta rahmat deyman. "Nasaf"ga esa OCHLda omad yor bo'lishini tilayman. Kun kelib albatta yana "Nasaf"ga qaytaman, deb o'ylayman. Har holda "Nasaf"ning eshiklari men uchun ochiq.

"Lokomotiv"ga qanday kelib qoldim? Klub rahbariyati meni "Lokomotiv"da o'ynashimni xohladi va buni o'zim ham istadim. Nihoyat ushbu kelishuv amalga oshdi va men "Lokomotiv" futbolchisiga aylandim. Bu jamoa o'z oldiga yuqori maqsad va vazifalarni qo'yadi. "Lokomotiv"ga o'tishimga yana bir sabab, men chempion bo'lishni istayman. "Loko" esa bilasiz chempionatda oltin medallar uchun kurashadi. Bu jamoa bilan ushbu niyatimga erishaman, deb umid qilaman.

"Nasaf"dagi do'stlarimni sog'inaman. Ular bilan yana bir jamoada o'ynashni istardim. Lekin "Lokomotiv"da ham qadrdon do'stlar yo'q emas. Masalan Islom To'xtaxo'jaev, Bobur Yo'ldoshev, Sardor Mirzaev, SHerzod Fayziev kabi futbolchilar bilan do'stmiz. SHuningdek, klub matbuot xizmati rahbari Xayrulla Xoliqov bilan ham "Mashal"dagi faoliyatim orqali aka-uka bo'lib ketganmiz. Albatta Xayrulla akani bu erda uchratish yoqimli bo'ldi. "Lokomotiv"da ajoyib muhit yaratilganiga bugun guvoh bo'ldim. Meni yangi jamoada juda iliq kutib olishdi.

O'ylaymanki, jamoa bilan yangi mavsumda ichki chempionatda ham, OCHLda ham muvaffaqiyatli ishtirok etamiz. Men jamoaga naf keltirish uchun borimni sarflayman.

Rasman: SHuhrat Muhammadiev "Nasaf"dan ketdi...

Lokomotiv SHuhrat Muhammadiev va Diyor Turopov bilan shartnoma imzoladi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика