SHuhrat Muhammadiev: "Jamoamiz g'alabasiga hissa qo'shganimdan xursandman"
21 apr 2021 16:27
Yangiliklar
SHuhrat Muhammadiev: "Jamoamiz g'alabasiga hissa qo'shganimdan xursandman"
"O'yin yaxshi bo'ldi. Har ikki jamoa oxirigacha kurash olib bordi. Bilasiz, Kubok o'yini chempionat bahslaridan farq qiladi. Biz birinchi taymda biroz bo'sh harakat qildik, lekin ikkinchi bo'limda vaziyatni qo'lga oldik.
"Andijon" menda iliq taasurot qoldirdi. Ular ham oxirigacha harakat qilishdi. O'yindan oldin "Andijon"da futbolchilarni ruhlantirish kuchli bo'lgan ekan.
G'alaba to'pini kiritganimdan xursandman. O'sha vaziyatda omadim ham keldi hisoblayman. Himoyachi bo'lganim uchun menga ko'proq golli to'plarni uzatish yoqadi, ammo bu o'yinda o'zim ham gol urdim.
Kubok doirasida navbatdagi uchrashuvni o'z maydonimizda "Turon"ga qarshi o'tkazamiz. Mana shu bahsda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz", - deydi SHuhrat Muhammadiev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar