So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  34 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  25 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

SHuhrat Mirholdirshaev: “Yangi yilda “Andijon”da o'ynayman” Yangiliklar

SHuhrat Mirholdirshaev: “Yangi yilda “Andijon”da o'ynayman”

Mohir hujumchilardan biri SHuhrat Mirholdirshaev og'ir jarohatga yo'liqib ushbu mavsumni o'tkazib yubordi. Aslida o'tgan yili jarohati bezovta qilishni boshlagandi.
Uning haqiqiy muxlislari uchun shuni aytishimiz mumkinki, kelasi yili Mirholdirshaev yana katta futbolga qaytishga yaqin turibdi. Demak, jarohati bitib yana safga qaytishga hozirlik ko'rmoqda. To'purarlik qobilyatini bir necha marta namoyish etgani uchun uning o'yini ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otib keladi. O'tgan haftada hujumchi Andijonga borib keldi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, yangi mavsumni yana o'zi uchun qadrdon bo'lib qolgan jamoada boshlashi mumkin. 2009 va 2010 yilgi chempionatlarni aynan “Andijon”da o'tkazib o'zining foydali futbolchi ekanligini ko'rsata olgandi.

- Joriy mavsumda og'ir jarohatingiz tufayli maydonga tusha olmadingiz. Hozirgi paytga kelib ahvolingiz yaxshimi?
- Hozir ahvolim yaxshi. Xudo xohlasa, 2014 yilgi chempionatda maydonga qaytishga harakat qilyapman. SHug'ullanayotganimga ikki oydan oshib qoldi.

- Bugungi kunga kelib sizni hech qanday muammo bezovta qilmayaptimi?
- Yo'q, hozir meni hech nima bezovta qilmayapti. O'zimni juda yaxshi his qilyapman.

- O'tgan vaqt davomida oyoqqa turishingiz uchun nimalar qildingiz?

- Sog'ayishim uchun ko'plab davolanishlarni boshimdan kechirdim, xattoki Moskvaga ham borib keldim. Davolanishlarim o'z samarasini beryapti, nasib qilsa tez orada maydonga qaytaman deb umid qilaman.  

- Zo'r o'ynagan paytingizda hamma sizni boshidan ko'tarib yurishga ham tayyor turadi. Jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqaningizda ham o'zingizni boshqalar uchun kerakli ekanligingizni his qildingizmi?
- Yaqinlarim, do'stlarim ayrim futbolchi ukalarimiz xol – ahvol so'rab turishdi, lekin sanoqli insonlar holimdan xabar oldilar. Birinchi navbatda meni qo'llab-quvvatlagan “Andijon” jamoasiga minnatdorlik bildiraman. Ular hamma vaqt mening qay holatda sog'ayib borayotganim bilan qiziqib turishdi. Azamat Abduraimov bu borada menga dalda bo'lib turdi. Birinchi davradan keyin meni o'z tarkibiga taklif qilgandi. Ammo u paytda jarohatimni davolatayotganim sababli maydonga tusha olmasdim. Insonni nafaqat yaxshi kunida, balki yomon kunida ham birga bo'lishi kerak deb o'ylayman. Avvalo u kim bo'lishidan qatiy nazar birinchi navbatda inson bo'lmog'i zarur. Birga to'p surgan futbolchilar ham kerak bo'lsa yuz o'girib ketgan holatlari ham bo'ldi. Masalan, Kamol Kenjaevning holidan ilgari birga o'ynashgan sheriklari ham xabar olmay qo'yishgan. Afsuski, bazi bir o'yinchilar boshqa klublarga o'tishgach o'z mansablarini o'ylab ish qiladilar. Ammo bu bilan hayot to'xtab qolmaydi, davom etaveradi. Futbolchi ham oddiy inson, shuning uchun u ham boshqalarga insonparvarlik qilishi shart deb hisoblayman. CHunki har qanday odam ham bir xil.  

- Demak, o'tgan vaqt davomida kimning qanday ekanligini bildingiz shundaymi?

- Albatta. Bir yil mobaynida kim bilan qanday muomalada bo'lish kerakligini ham tushunib etdim. Ammo men hech kimga yomonlik tilamayman, ularga ham yaxshilik tilayman. Avvalo insofni o'ziga bersin.

- Yaqinda “Andijon” qarorgohiga kelib Azamat Abduraimov bilan gaplashib ketdingiz. SHundan keyin sizni “Burgutlar” azosiga aylanishingiz haqida gap-so'zlar ko'payib ketdi. Bu masalaga oydinlik kiritib bersangiz, demokchi edim.  
- Abduraimovni inson va murabbiy sifatida hurmat qilaman. Oldin futbolchi bo'lib o'ynab yurgan paytlaridayoq uni o'zim uchun namuna sifatida tilga olardim. U bilan yuzma-yuz  suhbatlashganimdan keyin shunga amin bo'ldiki, meni “Andijon”da ko'rishni istayapti. Men bilan ishlashni xohlagan murabbiy bilan bajonidil xamkorlik qilishga tayyorman. Ammo buni istamagan murabbiy bilan hech qachon faoliyat olib bormayman. Bundan tashqari biror bir klubga kimnidir orqasidan borib o'ynashni umuman xohlamayman. Mana, Azamat Abduraimov meni o'z klubida to'p surishimni istayapti. O'z navbatida men ham faoliyatimni yana “Andijon”da davom ettirishni xohlayapman. O'zingiz yaxshi bilasiz, bu menga begona jamoa emas, menga juda ko'p narsa bergan. O'zaro suhbatda Abduraimov bilan barcha masalani kelishib oldik. Muhimi, u menga ishonishini aytdi, o'ylaymanki ishonch bu asosiy masaladir.  

- Unday bo'lsa, qachon jamoaga qo'shilasiz?
- Bosh murabbiy bilan kelishgan holatda 15 yanvar kuni “Andijon” ixtiyorida bo'laman.

- Muxlislar “Andijon”dagi yorqin o'yinlaringizni hali unutishgani yo'q. Ajoyib o'yinlaringiz va chiroyli gollaringiz bilan jamoaga qanchalik foyda keltirganingizni hamma yaxshi biladi. Yana bir bor sobiq klubingizga qaytishingizni qanday qarshi olyapsiz?
- “Andijon” men uchun yangi jamoa emas. U erga borganimda futbolchilar bilan ham gaplashdim. Meni o'ziga tortgan jihat shu bo'ldiki, Abduraimov har tomonlama o'z ishiga puxta yondoshar ekan. Masalan, gol urish borasida rekord qayd etishimga oz qolganini o'zi aytdi. Bundan ko'rinib turibdiki, murabbiy futbolchi haqida barcha malumotlardan xabardorligini bildirdi. Men uchun yana “Andijon” sharafini himoya qilishim qiziqarli tuyulyapti. Endi barchasi o'zimga bog'liq deb o'ylayman. Futbolni maroq bilan o'ynash uchun yana 3-4 yil bemalol harakat qilishimga kuchim etadi.

- Og'ir jarohatdan keyin yana katta futbolga qaytish arafasida turibsiz. Oldingidek sport formangizga qaytish uchun nimalar qilyapsiz?
- Mashg'ulotlarni astoydil boshlaganimga ikki oydan oshdi. Hozircha kuniga bir mahaldan shug'ullanib turibman. 15 yanvardan boshlab “Andijon” bilan ikki mahal mashg'ulotlarda qatnashaman. To'g'ri, yaxshi o'yin amaliyotiga chiqib olish uchun vaqt kerak bo'ladi. Lekin hozirgi harakatlarimdan kelib chiqib ayta olamanki, albatta sport formamni tiklab olishimga ishonaman.

- Yangi mavsum uchun o'z oldingizga qanday maqsad qo'ymoqdasiz?

- Birinchi navbatda sport formamni tezroq tiklab olish haqida o'ylayapman. SHuningdek, “Andijon” bilan hujumkor o'yinlar ko'rsatib ishqibozlarning kayfiyati yanada ko'tarishga harakat qilamiz. Bir so'z bilan aytganda, jamoaning bir bo'lagi bo'lishni istayman. Abduraimov jamoasiga o'z hissamni qo'shish ishtiyoqim baland.

- Bosh murabbiy bilan suhbat davomida jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilishini ham aytdimi?
- Hozircha bu haqida gaplashmadik. Asosan, o'zimiz haqimizda suhbat kechdi.

- “Andijon”dan tashqari yana aniq takliflar oldingizmi?
- Men har doim to'g'ri gapni yoqtirganman. Kimlarnidir orqasidan ayrim jamoalarning qiziqishi qulog'imga chalindi. Ammo menga birgina “Andijon”dan aniq va jiddiy chorlov bo'ldi.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика