So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

SHuhrat Maqsudov: "Yigitlar iroda ko'rsatishdi" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Yigitlar iroda ko'rsatishdi"

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Superliganing uchinchi turida o'z maydonida "Andijon"ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Avvalo O'zbekiston xalqini chin ko'ngildan navro'z bayrami bilan tabriklayman. Sog'lik va salomatlik tilayman. Bevosita o'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam, oson bo'lmagan g'alabaga erishdik. SHuningdek, ob-havoning noqulay kelishi ham biroz qiyinchilik tug'dirdi. Raqib jamoa safida, murabbiylar shtabida "Bunyodkor" klubida faoliyat olib borgan futbolchi va mutaxassislar bor edi. Bu esa ularning ikki hissa kuch bilan o'ynashini anglatardi. O'ylaymanki, futbolchilarimiz murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi. Ularning shunday chiroyli o'yin ko'rsatgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Ko'rdingiz, bir kishi kam bo'lib o'ynadik. Yigitlar iroda ko'rsata olishdi. 

Bugun tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtalsak, rotatciyalar qilganimiz futbolchilarning bor kuchi bilan to'p tepmaganini bildirmaydi. Ularning qanday kuchga egaligini yaxshi bilamiz. 

Ibrohim Tomivaning "Metallurg" bilan o'yinda gol ura olmagani hammada bo'ladigan holat. To'g'ri, bugun qizil kartochka olib qiyin vaziyatda qoldirdi. Qizil kartochka olgan vaziyatda hakam yaqin turgan edi. Buni tahlil qilamiz", deydi SHuhrat Maqsudov.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика