So’nggi yangiliklar

16:00CAFA Nations Cup. Ўмон – Қирғизистон. Таркиблар маълум  2 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  1 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  2 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  3 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  5 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  9 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  7 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  9

SHuhrat Maqsudov: "Tayyor futbolchilarni sotib olib o'ynatishni hamma ham biladi. Biz to'g'ri yo'ldamiz" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Tayyor futbolchilarni sotib olib o'ynatishni hamma ham biladi. Biz to'g'ri yo'ldamiz"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi SHuhrat Maqsudov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bugun maydonga tushgan yosh futbolchilarimizga katta rahmat aytaman. "Bunyodkor"ning maqsadi akademiyadan ko'proq yoshlarni asosiy tarkibga jalb qilish. Ularning o'yinidan qoniqdim, albatta biroz tajriba etishmadi. Ammo yaqin kelajakda ular O'zbekiston terma jamoasida o'ynaydi degan umiddaman. "Qizilqum" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman", - dedi SHuhrat Maqsudov.

- Bugun Suhrob Sultonov uchta gol o'tkazib yubordi. Keyingi o'yinda boshqa darvozabon maydonga tushishi mumkinmi?

- Bu narsani keyingi turdan oldin bilib olishingiz mumkin bo'ladi.

- Bekor qilingan gol haqida nima deya olasiz?

- Bu gol haqida gapirmayman, bu mening ishim emas. Nimadir deganim bilan hech narsa o'zgarmaydi.

- Usmonali Ismonaliev hujumda o'ynamoqda va moslasha olmayotgandek. Zaxirada uning o'rnini bosa oladigan futbolchilar bor?

- Bor, bugun zaxiradan maydonga tushdi (Husayn Ergashboev - izoh championat.asia). Yosh futbolchilar tajriba to'plashi uchun biroz vaqt kerak.

- Yil boshida klub rahbari bilan uchrashuvdan keyin klubning maqsadi o'zgarmaydi deyilgandi. Ammo hozir maqsadimiz terma jamoaga futbolchi etkazib berish dedingiz. "Bunyodkor"dek klubning maqsadi terma jamoaga futbolchi etkazib berishi g'alati emasmi?

- Biz imkoniyatdan kelib chiqib shu narsaga qo'l urdik. Akademiya nima uchun? Yosh futbolchilarni asosiy tarkibga jalb qilish uchun. Tayyor futbolchilarni sotib olib o'ynatishni hamma ham biladi. Lekin bu yil yoshlarga ishonishga qaror qildik. Biz to'g'ri yo'ldamiz, buning uchun vaqt kerak bo'ladi. Klubimiz rahbari bu vaqtni bizga berdilar. Qaytaraman, yosh futbolchilarimning o'yinidan qoniqdim.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика