So’nggi yangiliklar

00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  0 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  11 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 00:01Европа лигаси. "Рома" - "Атлетик" баҳси асосий таркиблари маълум!  21 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  0 23:17Дани Алвесни судга беришди  1 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  45 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  21 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  8

SHuhrat Maqsudov: "Tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo'l olamiz" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo'l olamiz"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Bunyodkor" (1:5) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi SHuhrat Maqsudov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Avvalambor "Bunyodkor" jamoasi rahbariyati, muxlislari, xodimlari, futbolchilarni bugungi g'alaba bilan tabriklayman! Ayniqsa, o'yinchilarga rahmat aytaman. Boisi, yigitlar murabbiylar shtabi tomonidan berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Tatilga yaxshi kayfiyatda yo'l oladigan bo'ldik.

Futbolchilar bilan "Surxon" jamoasini o'yinini ko'rib, o'rganib chiqqandik. Bugungi raqibimizning "Qizilqum" bilan o'yini menga yoqqan edi. Mensimaslik haqida gap yo'q. Hamma jamoa hurmat qilinadi. Bugungi g'alaba futbolchilarniki, ular bunga haqli ravishda erishishdi.

So'zim yakunida AGMK futbol klubiga maydonni bizga yaxshi holatda tayyorlab bergani uchun minnatdorchilik bildiraman!", – deydi SHuhrat Maqsudov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика