Shuhrat Maqsudov: "O'yinda yutish uchun vaziyatlardan foydalanish lozim"

Aslanov Jasurbek
6 avg 2021, 23:06
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Mashal"-"Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng Toshkent klubi bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov fikrlarini bildirib o'tdi

"O'yinni hamma ko'rdi, 1:1. Bizda gol urish uchun ko'proq imkoniyatlar bo'ldi, deb o'ylayman. Lekin bu - futbol. Yutish uchun vaziyatlardan foydalanish kerak. Nima ham qilardik, durangdan qoniqish hosil qilamiz. 

Hakamlar haqida gapirishni istamayman. VAR tizimida ham hakamlar o'tiribdi-ku. Shu bois bu haqida to'xtalmayman. Foydasi yo'q",- deydi Shuhrat Maqsudov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia