So’nggi yangiliklar

08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  1 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  0 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  4 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  9 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5

SHuhrat Maqsudov: "Mag'lubiyatga teng durang bo'ldi" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Mag'lubiyatga teng durang bo'ldi"

Superliganing to'qqizinchi turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi SHuhrat Maqsudov fikrlarini bildirib o'tdi.

Qanday o'yin bo'lganiga hamma guvoh bo'ldi. Avvalgi turdagi alamli mag'lubiyatdan keyin, futbolchilarning ruhiy holatini yaxshilashga harakat qildik. O'ylashimcha, bugun futbolchilarimiz yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Bugun omadimiz kelmadi. Futbolda omad muhim ahamiyat kasb etadi. Oldingi turda bo'lgani kabi vaziyatlardan foydalana olmadik. 

SHogirdlarimga bugungi o'yin uchun katta rahmat aytaman. Ular kiyinish xonasida tushkunlikka tushib qolishdi, ularga rahmat aytib kichik tanaffusga kuzatib qo'ydik. Bugungi kunda kim kuchli bo'lsa, o'sha maydonga tushadi", - deydi SHuhrat Maqsudov.

- Odiljon Abdurahmonovning bir nechta o'yinlardan beri zaxirada qolayotganini sababi nimada? Vaholanki hujumlarni boshlashdi, gavda bilan o'ynashda qirg'izistonlik futbolchi yaxshi harakat qilayotgandi...
- Jarohati yo'q. Bugungi kunda kim kuchli bo'lsa o'sha futbolchi maydonga tushadi.

- SHahboz Erkinovning holati shunchalik yomonmi? Mirjahon Mirahmadovning o'yini muvaffaqiyatsiz chiqqaniga qaramasdan 90 daqiqa o'ynatdingiz...
- Sizga shunday ko'rinayotgan bo'lishi mumkin. Mirjahon Marahmadovning o'yinidan mamnunman, shuning uchun unga ishonch bildirdim. Bu boshqa futbolchilarga ishonmayman deganim emas, vaqti kelib, hammaga imkoniyat beriladi. Mashg'ulotlarda barcha futbolchilar o'zlarini yaxshi ko'rsatmoqda.

- Jamoa uchta pas bilan hujumga yaxshi o'tayotganini ko'rdik. Buni ko'proq qo'llashni imkoni yo'qmi? Hujumlarni keskinlashishida bu samara berayotgandek...
- O'yindan oldin futbolchilarga vazifalar beriladi. Gapirish boshqa, o'yindagi vaziyatlar tashqarida aytilgan gaplarga to'g'ri kelmay qolishi mumkin. Bu o'yindan kelib chiqib amalga oshiriladi. Qolaversa raqib ham qarab turmaydi.

- Jamoangiz feyr pleyga amal qilmayapti, bu sizning ko'rsatmangizmi yoki futbolchilarning o'zlari shuni xohlashyaptimi?
- Menimcha, bugungi kunda feyr-pleyga eng ko'p amal qiladigan jamoa "Bunyodkor" bo'ladi. Bitta o'sha birinchi bo'limda Farrux Ikromov o'yinni to'xtatmaganini inobatga olsak, boshqa bunday holat kuzatilmadi.

- "Bunyodkor"ning zaxira o'rindig'i katta emasligi bilinyapti. Yozgi transferlar oynasida yangi futbolchilar olinadimi?
- Mavsum boshida boshqa jamoalarga singari yangi futbolchilarni olishda tanlov katta bo'lmadi. Yaxshigina homiyga ega bo'lganimizda transfer oynasi yopilgandi. Birinchi davrani yakunlab olsak, tarkibga yaxshi futbolchilarni olish niyatimiz bor. SHu jumladan, yoshlar jamoasidan ham.

- Jamoaning durang natija qayd etganida "Navbahor"ning ko'rsatgan o'yini ham sabab bo'ldimi?
- "Navbahor"ni "Neftchi"da ishlab yurgan paytimdan juda hurmat qilaman. Namanganda futbolni juda sevishadi. "Bunyodkor" har bir o'yinga raqibni hurmat qilgan holda tushadi. Jumladan, "Navbahor"ni ham. Lekin bugungi durang biz uchun mag'lubiyatga teng bo'ldi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика