So’nggi yangiliklar

13:50Расмус ўрнига Уоткинс? МЮ ҳужумида ўзгаришлар кутилмоқда  0 13:25"Динамо" легионери узоқ муддатга сафдан чиқди  0 12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  1 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  2 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  15 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  19 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  42 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  6 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  102 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  1 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  19 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67

SHuhrat Maqsudov: "Har bir o'yin oldidan raqib jamoaga qarshi tayyorlanamiz, lekin ichki raqib..." Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Har bir o'yin oldidan raqib jamoaga qarshi tayyorlanamiz, lekin ichki raqib..."

"Bunyodkor" - "Paxtakor" o'yinidan so'ng (3:2) mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin haqida gapirsak, futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Uch kun oldin O'zbekiston kubogida juda qiyin va og'ir, 120 daqiqalik o'yin o'tkazganimizga qaramay, penaltilar seriyasidagi alamli mag'lubiyatdan keyin ikki kun o'tib, mana shunday qiyin o'yin bo'ldi. "Paxtakor"da tarkib deyarli 80 foiz o'zgardi. bizda esa o'sha tarkib o'ynadi. 

Ammo shunga qaramay futbolchilar, takrorlayman, aynan futbolchilar g'alaba qozonishdi. (Tushungan odam tushunib oladi - deya qo'shimcha qildi Maqsudov).

- Mavsum davomida qaysidir vaziyatda sizga, jamoaga ishonmaganlar bo'ldi. "Abramov jamoani boshqarmoqda" deganlar ham bo'ldi. Mana shunday sharoitdan so'ng mavsum qanday o'tdi deb o'ylaysiz?

- Yana qaytaraman. Har bir o'yin oldidan raqiblarga qarshi tayyorlanamiz. Lekin, ichki raqib vahimali bo'ladi. Bugun ham yutqazayogan paytimizda xursand bo'lib, bizga qarshi muxlislik qilganlar bo'ldi. 

Barchasini ayta olmayman, vafodor muxlislarimiz ham bor. Ammo afsuski, oilada shundaylar ham bo'ladi. Ishonmaganlar uchun yigitlar bugun yana bir bor o'zlarini ko'rsatishdi va o'ylaymanki, bundan ham yaxshiroq natijaga erishsak bo'lardi. Ammo shunisiga ham shukr, nasib qilgani shu ekan. 

Bizga haqiqatdan ham muxlislik qilganlarga katta rahmat aytib qolmoqchiman. 



- 26 ta tur nihoyasiga etgan bo'lsada, to'purar markaziy hujumchi chiqmadi. O'zingiz ham hujumchi bo'lgansiz. Nima deb o'ylaysiz, gollar soni yil sayin kamayib ketgani nimaga bog'liq?

- Bilmasam, balki bu iqtidorli hujumchilarning yo'qligidandir. Bizda SHomurodov kabi yigitlar bor. U tezda xorijga o'ynagani ketdi. Masalan, "Paxtakor"da ham yaxshi yosh futbolchilar ko'p. Barcha jamoada o'ziga yarasha iqtidorlar bor. O'ylaymanki, kelajakda yaxshi futbolchilar etishib chiqadi. CHunki, O'zbekiston istedodlarga boy. 

SHuni qo'shimcha qilishni istardimki, bizga ishonch bildirgan homiyimizga, ishlari tig'iz ekanligiga qaramay Mehriddin Razzoqovichga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Mana shunday insonlar ko'p bo'lsin. Yuzta muxlisdan birgina mana shunday inson bo'lgani yaxshi. Rahmat. 

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика