So’nggi yangiliklar

16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  0 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  3 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  27 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2

SHuhrat Maqsudov: "Final o'yinida ham maydonga tushishga umid qilamiz" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Final o'yinida ham maydonga tushishga umid qilamiz"

Masqatdagi Sulton Qobus stadionida Xitoy, Iroq, Saudiya Arabistoni va O'zbekiston bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'ldi.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

Xolid ABDULRAHMON (Saudiya Arabistoni): Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ilk bor o'tkazilayotgan ushbu musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Qatardagi G'OFF Kubogidagi xatolardan to'g'ri xulosa chiqardik, musobaqa davomida yangi o'yinchilarni saralab oldik. Kim diqqatni ko'proq o'yinga qarata olsa, yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo'lsa, o'sha jamoa musobaqada uzoqqa boradi.

Fu BO (Xitoy): Musobaqa to'rt hafta davomida tayyorlandik, Ummon U-22 va Iordaniya U-22ga qarshi nazorat o'yini o'tkazdik. Guruhimiz kuchli, deb aytishingiz mumkin. Lekin hammasi maydonda hal bo'ladi. Biz yaxshi natijadan umid qilyapmiz.

Hakim SHOKIR (Iroq): Aksariyat futbolchilarimiz Turkiyadagi U-20 JCH-2013da qatnashgan. Bu erda o'zlarini ko'rsatishlariga umid qilaman. Iroqning bu avlodi o'z yurishini vaqtida Ummonda boshlagan. Yurishni joriy musobaqada ham davom ettiramiz. Iroqning bu jamoasi kelajakda Olimpiada, JCH yo'llanmalarini ham qo'lga kirita olishiga ishonaman. Guruhdan Iroq va Saudiya jamoalari chiqishiga umid qilaman, O'zbekiston va Xitoy jamoalariga ham omad tilayman.

SHuhrat MAQSUDOV (O'zbekiston): Bir hafta Toshkentda, Dubayda besh kun shug'ullandik. Uchta o'rtoqlik o'yini o'tkazdik. Yaxshi, mazmunli o'yinlar ko'rsatishni, musobaqaning 26 yanvardagi o'yinida ham maydonga tushishni maqsad qilganmiz. Terma jamoaning yarmidan ko'p futbolchisi Turkiyadagi jahon chempionatida qatnashgan. Ulardan umidimiz katta. Ummondagi musobaqalar yosh futbolchilarimiz uchun yaxshi tajriba maktabi bo'ladi deb ishonamiz.

O'FF matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика