So’nggi yangiliklar

11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  0 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  1 11:30Рустам Хожаев: "Осиё кубоги мезбонлиги Марказий Осиё футболи ривожи учун жуда катта туртки бўлади"  0 10:53«Ман Сити» тарбияланувчиси «Манчестер Юнайтед»га ўтиши мумкин  2 10:24Неймар 2013 йилда нима учун «Реал»ни эмас, «Барселона»ни танлаганини тушунтириб берди  9 09:50Клаудио Раньери Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берди  4 09:21«Арсенал» Германия терма жамоаси аъзосини ёзда текинга қўлга киритиши мумкин  1 08:53Месси келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  12 08:25АПЛдаги мусулмон футболчилардан ташкил топган рамзий жамоа тузилди  2 07:56ОКМКнинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  2 07:20Англия кубоги. Асенсионинг дубли «Астон Вилла»ни кейинги босқичга олиб чиқди, Рэшфорддан навбатдаги ассист  4 02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  2 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  33 00:44"Челси" ёзда дарвозабонини сотмайди  0 00:15"Реал" жаримага тортилди  34

SHuhrat Maqsudov: "Bunyodkor"dan ham yomon maydonda o'ynashdi. Ammo..." Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Bunyodkor"dan ham yomon maydonda o'ynashdi. Ammo..."

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Lokomotiv" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

Ikki turdan buyon shogirdlarimning o'yinidan qoniqayotgandim, biroq natija havas qilarli emasdi. Bugungi o'yinda ular ko'rsatmalarni to'laqonli amalga oshirishdi. Xatolar ham bo'ldi. Mehnat qilish zamirida albatta, xatolar bo'ladi. Yigitlarga, shuningdek, muxlislarga minnatdorichiligimni bildirib qolaman. Rahbarlar hamda homiylarni ham chin qalbimdan tabriklayman. "Lokomotiv" jamoasiga kelgusi o'yinlarda omad tilayman. 

— Ikki bo'limni solishtiradigan bo'lsak, "Bunyodkor" birinchi bo'limda uzun paslar bilan o'ynashga harakat qildi. Ikkinchi bo'limga kelibgina, jamoa o'z uslubida harakat qila boshladi. Bu o'yin uchun tayyorlangan rejamidi? 

— Yuqorida takidlaganimday, yigitlarda ishtiyoq yuqori. Tarkibimiz yosh, akademiya tarbiyalanuvchilari sanaladi. SHu bois, bunday holatlar o'yinda yuzaga kelishi tabiiy. Tanaffusda kerakli ko'rsatmalarni berdik. Ikkinchi bo'limda esa o'z uslubimizda o'ynashni boshladik. Natija yaxshi bo'ldi. Biroq futbol 90 daqiqa davom etadi. Xotirjamlikka berilish oqibatida gol o'tkazib yubordik. Bu ham bizga saboq bo'ladi. Kelgusida o'yinlarda oxirigacha bo'shashmasdan to'p tepishga harakat qilamiz. O'yindan o'yinga rivojlanamiz, deya umid qilaman. 

— Maydon holati haqida gapirsangiz.

— Men o'yindan oldin ham maydon holati yaxshiligini takidlagandim. Bundan yomonroq maydonlarda ham o'yinlar o'tkazildi. Maydon borasida etirozim yo'q. 

— Usmonali Ismonaliev "Andijon"da, yani standartlar va uzun paslar orqali o'ynaydigan jamoada to'p tepgan. "Bunyodkor" esa boshqa uslubdagi jamoa hisoblanadi. Uni jamoaga jalb qilinishini qanchalik to'g'ri deb o'ylaysiz?

— Yil so'ngida jamoamizni ko'plab o'yinchilar tark etdi. Uning to'purarlik mahoratini inobatga olib, jamoaga olib keldik. Ismonaliev hozirda tiklanish jarayonida. Uning tez orada formaga qaytishiga umid qilamiz.

— Ibrohim Gbadamosi nega Turkiya safariga olib ketilmadi?

— Uni avval ham aytganman, viza masalasi bilan bog'liq muammolar sababli uni qoldirishga majbur bo'ldik. U bilan domiy aloqada bo'lib turdik. 



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика