So’nggi yangiliklar

19:10Франция. "Монако" - "Ланс" 0:0 (Матнли трансляция)  7 18:57Палмер – "Челси"даги дебют вақтидан бошлаб топ-5даги энг яхши ассистент. Унда 15та пас бор  0 18:52"Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль". Турнинг марказий учрашув учун таркиблар маълум  4 17:50Конте Осимхен борасидаги хабарни тасдиқлади ва қаттиқ жавоб берди  5 17:21Футболчи "Челси" билан салкам 10 йиллик шартнома имзолашга рози бўлди  1 17:04Франция. "Монако" - "Ланс". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибдами?  2 17:01Футзал бўйича ЖЧ иштирокчиси Ўзбекистонга етиб келди  1 16:47Бу даҳшат! "Наполи"нинг янги футболчисига тўппонча билан ҳамла қилишди  1 16:33АПЛ. Санчо борми? "Челси" - "Кристал Пэлас" ва "Ньюкасл" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 16:10"Ливерпуль" футболчиси Салоҳга катта баҳо берди  1 15:40Нико Уильямс нима сабабдан "Барселона"га ўтмаганини айтди  11 15:24"Юнайтед"нинг 60 млнлик футболчиси қайси рақамда ўйнаши аниқ бўлди  2 14:03Пеп Гвардиола: "Холанд тўхтатиб бўлмас. Ҳеч бир ҳимоячи, ҳатто пистолет билан ҳам уни тўхтата олмайди"  11 13:34ПСЖ ва "Лестер" собиқ футболчиси 39 ёшида ҳаётдан кўз юмди  6 12:51"Реал" Мбаппенинг самарадорлигидан хавотирланмаяпти, у лойиҳанинг муҳим қисми  12

SHuhrat Maqsudov: “Bunyodkor” uchun bundan buyon har bir uchrashuv final hisoblanadi" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: “Bunyodkor” uchun bundan buyon har bir uchrashuv final hisoblanadi"

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini mavsum boshida yuqori o'rinlar uchun kurashishini hech kim taxmin qilmagandi.

Lekin, ayni damda “Qaldirg'och”lar turnir jadvalining uchinchi pog'onasi uchun kurash olib bormoqda. Qiziqarli tomoni ularda hamon imkoniyat mavjud. Bari futbolchilarning o'z qo'lida. Uchta bahsda uch ochko ishlashsa bo'lgani. Jamoaning navbatdagi mashg'ulotlari yakuninga etkandan so'ng Vadim Abramovga yaqindan ko'maklashayotgan murabbiy SHuhrat Maqsudovdan navbatdagi tur arafasida saytimiz uchun intervyu oldik.

- Jamoa oldida masuliyatli vazifa turibdi. SHunday ekan yakshanba kuni o'tkaziladigan o'yinda sizlarni faqat g'alaba qoniqtiradi. “Navbahor” bilan o'yinga tayyorgarlik jarayoni hususida malumot berib o'tsangiz...

- Avvalambor assalomu aleykum. Tayyorgarlik har doimgidek qizg'in ketmoqda. Albatta, hammaga malum tanaffusda deyarli asosiy tarkibsiz mashg'ulotlarni olib bordik. Boisi, ko'p futbolchilarimiz milliy va olimpiya terma jamoasi ixtiyorida edi. Mana o'tgan kundan boshlab jamoamizni negizini tashkil qiluvchi futbolchilar bilan yig'ildik. Olimpiyachilar uzoq yo'l masofa bosib kelganliklari uchun ularga dam berdik. Kecha ilk bor barcha futbolchilar ishtirokida mashg'ulotlarni o'tkazishga ulgurdik. Buni ham o'ziga yarasha qiyinchiliklari bo'ladi. Sababi o'yinchilar klubga turli holatlarda etib kelishadi. Jismoniy va ruhiy holati turlicha bo'ladi. “Navbahor” bilan o'yinga ularni har tomonlama hozirlashga alohida etibor qaratyapmiz.

- Bundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak jamoa "Navbahor"ga qarshi to'liq kuch bilan o'ynamaydi...

- Endi yuqorida ham aytdim, futbolchilar terma jamoalar bilan shug'ullandilar. Bu-futbolchilarning qilib yurgan ishi. Vatanimiz terma jamoasiga jalb etilganlar borasida hech qanday gap so'z bo'lishi mumkin emas. Bollar ham vaziyatni tushunib turibdi. Ular proffesional. Uchta bahs qoldi. Bundan buyon ularning har biri biz uchun finaldek o'tadi. Bollar jiddiy qarashmoqda. Namangan jamoasini hurmat qilamiz. U erda oldindan futbolga katta etibor qaratib kelingan. Hozir ham, kelajakda ham vodiyda futbol o'lmaydi degan umiddaman. Bir qancha maxoratli futbolchilar etishib chiqqan. Umumiy qilib aytganda ichki chempionatimizda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Garchi chempion nomi aniq bo'lgan bo'lsada, qolgan o'rinlar uchun intriga mavjud. Bu futbolimiz rivojlanayotganidan dalolat.


- Ikkinchi davrada jamoaga qo'shilgan yanggi futbolchilar qay darajada ishonchni oqlamoqda? Hususan legionerlar Evgeniy CHumak, Dmitriy Ostrovskiy...

- Masalan SHohruh Gadoev va Sanjar Tursunovni avvaldan bilar edik. Xabaringiz bor ikkinchi davraga tayyorgarlikni Minskda olib bordik. CHumak va Ostrovskiyni usha yig'inda sinovdan o'tkazdik. Bunday o'yinchilarni ko'rib olish ko'proq vaqt talab qiladi. Afsus, bizda ularni to'liq o'rganish uchun fursat kam bo'ldi. O'rtoqlik uchrashuvlaridagi harakatlarini ko'rib jamoamizga qo'shib olgandik.

- “Bunyodkor”ning so'nggi paytlardagi muvaffaqiyatsiz natijalari maydon bilan bog'liqmi? TTYMI stadionida o'ta mazmunli va natija qayd etilayotgandi...

- Gap maydonda demagan bo'lardim. Yildan yilga yurtimizdagi maydonlar chimi sifatli ko'rinish olmoqda. Faqat to'g'risini aytish kerak, Andijondagi maydon judayam og'ir ahvolda edi. U erda to'p tepish mashaqqat. Uy stadionimizdagi maydon o'yindan o'yinga yaxshilanib boryapti. Boshida ko'chib ketayotgan joylari kuzatildi. Hozir qoniqarli darajada.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика