So’nggi yangiliklar

00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5

SHuhrat Maqsudov: "Bizni hurmat qilishmasa ham, O'zPFLni hurmat qilishsin" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Bizni hurmat qilishmasa ham, O'zPFLni hurmat qilishsin"

Coca-Cola Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Bunyodkor" (1:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





- O'yin haqida

- Fursatdan foydalanib, o'zim va klubimiz nomidan barcha yurtdoshlarimizni Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan tabriklayman. Jannatmakon yurtimizga ko'z tegmasin ilohim. SHuningdek, bir insonga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. "Andijon" klubi rahbari Juratbek bizni iliq kutib olgan xolda munosib izzat-ikrom ko'rsatishdi.

Kuni kecha o'yinoldi mashg'ulot jarayonida avval ko'rmagan xolatimga duch keldim. Biz mashg'ulot o'tkazayotgan maydonga "Andijon" vakillari ham kirib kelishdi. Bir maydonda ikki jamoa o'yinoldi mashg'ulot olib borishdi. Ochig'i, juda ham xayratdaman. Odatda mehmonni hurmat qilish kerak. Bu borada O'zPFLni qonun-qoidalari bor. SHu sabab mashg'ulot o'tkazmasdan ham maydonni tark etdik. Bizni hurmat qilishmasa ham, O'zPFLni hurmat qilishlari kerak. Hammasi yaxshilikka bo'lsin.

Bevosita endi o'yin haqida aytadigan bo'lsam, qo'ldan kelganicha "Andijon" rahbariyati stadionni o'yinga tayyorlab berishgan. Maydon borasida ozroq qilinadigan ishlar bor, lekin bu erda astoydil harakat qilingani ko'rinib turibdi. 

Futbolchilarimizga katta rahmat aytaman, maydonda ular mehnat qilishadi. Bugun futbolchilarimiz ko'rsatmalarni alo darajada bajarishdi. 

- Jamoada asosan, yoshlar o'ynaydi. Ular bilan tarbiyaviy ishlar ham olib boriladimi?

- Boshqa jamoalar haqida aytmoqchi emasman, lekin bizda tarbiyaviy ishlar joyida olib boriladi. 

- Bu savol Ikromovning golni nishonlashi yuzasidan berildi. U muxlislarga qarata xunuk harakatni amalga oshirdi...

- SHaxsiy fikrimcha, Farruh bu erda muxlislarga nisbatan nojo'ya harakat qilmadi. Uni yoshligidan buyon bilaman. Odobli yigit, bunday harakatni amalga oshirmaydi. Agar muxlislar uning harakatidan ranjishgan bo'lsa, Farruhning nomidan uzr so'rayman. 

- "Andijon"ni Superligada qolish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Bu juda qiyin savol. "Andijon” bugun chiroyli gol urdi. Adashmasam, jamoaning 6 nafar futbolchisi bizning tarbiyalanuvchilar hisoblanadi. Hamma jamoada imkoniyat bor, omad ham kerak futbolda. "Andijon"ga navbatdagi tur uchrashuvlarida omad tilayman.




Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика