SHuhrat Maqsudov: "Birinchi bo'limda har tomonlama "Qizilqum"ga yutqazdik"
26 iyu 2021 23:33
Yangiliklar


SHuhrat Maqsudov: "Birinchi bo'limda har tomonlama "Qizilqum"ga yutqazdik"
"Avvalo "Qizilqum" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Tan olish kerak, raqib birinchi bo'limda bizni har tomonlama haqqoniy tarzda engdi. Nima uchun yigitlar o'zini yo'qotib qo'ydi, bilmadim. Raqib safida mahoratli futbolchilar ko'p ekanligini, ularga imkoniyat berish yaxshilikka olib kelmasligini aytgandik. Lekin afsuski qo'rqqan narsamiz ro'y berdi. Ikkinchi bo'limda o'z o'yinimizni o'ynadik. Biroq natija qoniqarsiz ko'rinish oldi.
Birinchi bo'limda nafaqat uzun paslar balki hamma narsada imkoniyatni boy berdik. SHu bois o'yinni boy berdik.
Lutfulla To'raev sariq kartochka olgani sabab almashtirdik. Agar yana nimadir bo'lganida uni jon, deb chiqarib yuborishardi.
"Qizilqum"dan shunday o'yin kutgandim. Mavsum boshida ular mahoratli futbolchilarni olgandi. SHu futbolchilar kerakli ekanligini o'zini oqlashmoqda.
Sunnatilla Abdullajonov va Ibrohim Tomivani biz ham ko'rmayapmiz. Bilmadim bu nima bilan bog'liq holat. Boshida ko'rganimda bu ikki futbolchi yoqqandi. Qishki yig'inlarda o'zlarini ko'rsatishgandi. Lekin afsuski hozir o'zini ko'rsata olayotgani yo'q",- deydi SHuhrat Maqsudov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar